Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Yer solig‘i stavkalari 
va soliqdan imtiyozlar


223
butun maydon uchun yuqorida ko‘rsatilgan oshirish koeffitsientlarini 
qo‘llagan holda to‘lanadi. 
Soliq kodeksining 291-moddasiga muvofiq Tadbirkorlik faoliyatida 
foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli 
imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, 
joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga 
berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash 
uchun mo‘ljallanmagan joylar egallagan yer uchastkalari uchun jismoniy 
shaxslardan yer solig‘i yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini 
to‘lash uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi hamda Soliq 
kodeksning 290-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan 
tatbiq etilmaydi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda 
tutilgan hollar mustasno. 
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda 
joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab 
chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan 
taqdirda, yer solig‘i jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka 
bo‘yicha to‘lanadi. 
Yakka tartibda uy-joy qurish va uylarni obodonlashtirish uchun 
berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi 
ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda 
yer solig‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uch baravar miqdorda 
to‘lanadi. 
Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagi jismoniy shaxslar yer solig‘idan 
ozod qilinadilar: 
1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat 
Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat 
ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz «O‘zbekiston 
Qahramoni» unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi 
Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki 
mudofaa ishlari bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun 
hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur 
imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi 
yoki mudofaa ishlari bo‘limining yoxud boshqa vakolatli organning 
ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa 
nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi 
guvohnoma asosida beriladi;


224
3) I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi 
yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida 
beriladi; 
4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari 
bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi 
pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz 
pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) 
bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri 
yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan 
beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida 
boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining 
ma’lumotnomasi asosida beriladi; 
6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok 
etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha 
yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolar. Mazkur imtiyoz 
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironning 
maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish 
ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar 
tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos bo‘ladigan boshqa 
hujjatlar asosida beriladi; 
Yuqorida belgilangan imtiyozlar, bundan 5-bandda ko‘rsatilgani 
mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligi yuritish 
uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organda ro‘yxatdan o‘tgan 
jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur imtiyozlar soliq 
to‘lovchining tanlashi bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi 
mumkin. 
Yer solig‘ini hisoblab chiqarish davlat 
soliq xizmati organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Davlat soliq xizmati organlari yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘lgan 
jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi.
Soliq kodeksning 290-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlarni olish 
huquqiga ega bo‘lgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling