Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Yer solig‘ini to‘lovchilar


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Yer solig‘ini to‘lovchilar, 
soliq obyekti va bazasi


220
to‘g‘ri soliq hisoblanib, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan 
mamlakatlarga xos soliq turi hisoblanadi. 
Hozirgi kunda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining 
davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i past bo‘lishiga qaramasdan 
ushbu soliq soliq tizimida o‘z o‘rniga egadir. Yer solig‘i davlatga 
daromad taminlash funksiyasi bilan birga daromad va mulk 
taqsimotidagi nomutanosiblikni yo‘qotishda muhim vosita bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining davlat byudjeti 
daromadlaridagi salmog‘ini quyida keltirilayotgan diagramma 
ma’lumotlarida ham ko‘rish mumkin: 
4.2.1-diagramma. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining davlat 
byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi
53
 
Diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, jismoniy 
shaxslardan olinadigan yer solig‘ining davlat byudjeti daromadlaridagi 
salmog‘i o‘sish tendensiyasiga egadir. Uning ulushi 2004-2006 yillarda 
0.6 foizni, 2008 yilda 0.7 foizni, 2010 yilda 0.6 foizni, 2012 yilda esa 
0.8 foizni tashkil etgan. 2017 yilda soliqning tushum ko‘rsatkichi 1.2 
foiz bo‘lmoqda. Bundan ko‘rinadiki, jismoniy shaxslardan olinadigan 
yer solig‘ining salmog‘i 2017 yilda 2004 yilga nisbatan 0.6 foizli 
53
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi “O‘zbekiston 
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 
qarorlari asosida tayyorlangan
.


221
punktga oshgan. Bu holatni soliq stavkalarining oshirilishi hamda soliq 
to‘lovchilar sonining ortishi bilan izohlash mumkin. 
Soliq kodeksining 287-moddasiga muvofiq mulk huquqi, egalik 
qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer 
uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs 
tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari yer 
solig‘ini to‘lovchilardir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari 
tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara 
haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan 
jismoniy shaxslarga yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan 
imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish va soliqni to‘lash tartibi tatbiq 
etiladi. 
Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imorat va inshootlar meros 
bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va 
foydalanish huquqi o‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i meros 
qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda 
merosxo‘rlardan undiriladi.
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish 
obyektidir: 
1) dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan 
umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; 
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, 
umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; 
3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish 
uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer 
uchastkalari; 
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va 
imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish 
huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer 
uchastkalari; 
7) tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga 
berilgan yer uchastkalari. 
Ko‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish obyekti 
bo‘lmaydi, ushbu modda birinchi qismining 7-bandida ko‘rsatilganlari 
bundan mustasno. 


222
Soliq kodeksining 289-moddasiga muvofiq Ko‘chmas mulkka 
bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi 
organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari soliq 
solinadigan bazadir.
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun 
fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer 
uchastkalarining maydonlari bo‘yicha soliq solinadigan baza ushbu yer 
uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari 
bo‘yicha aniqlanadi.
Xizmat yuzasidan berilgan chek erlarning maydonlari bo‘yicha 
soliq solinadigan baza o‘z xodimlariga yer uchastkalari bergan 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo‘yicha 
aniqlanadi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer 
solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezident qarori bilan belgilanadi va soliq 
to‘lovchilarga Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi hamda uning 
quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda soliq to‘lovchilarga 
etkaziladi. 
Berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy 
shaxslardan yer solig‘i uch baravar miqdorida undiriladi.
Jismoniy shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer solig‘ini 
to‘lashdan ozod etilgan), davlat xokimiyati organlari tomonidan 
ajratilgan maydonlardan ortiqcha yer uchastkalari uchun yer solig‘i 
jismoniy shaxslar uchun 3 koeffitsientini qo‘llagan holda to‘lanadi. 
Davlat mahalliy xokimiyati organlari tomonidan ajratilgan 
maydonlardan ortiqcha foydalaniladigan yerlar uchun yuqorida 
ko‘rsatilgan koeffitsientni qo‘llagan holda yer solig‘i to‘lanmagan 
taqdirda soliq to‘lovchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq 
moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi. 
Davlat mahalliy xokimiyati organlari tomonidan ajratilgan yer 
uchastkalari maydoni yer berish to‘g‘risida davlat mahalliy xokimiyati 
organlarining qarori, yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi 
uchun davlat dalolatnomasi, yerni ijaraga olish shartnomasi, yer 
uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi 
guvohnoma va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan boshqa 
hujjatlarga ko‘ra belgilanadi.
Yer uchastkasiga nisbatan mulk, egalik qilish yoki undan 
foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, soliq 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling