Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Chet ellik jismoniy shaxs-
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Chet ellik jismoniy shaxs-
larning daromadlariga soliq solishning xususi- yatlari 251 Aktsiyalar qimmatli qog‘ozlarning birja bozori va uyushgan birjadan tashqari bozorida realizatsiya qilinganda O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi hisob-kitob-kliring palatasi soliq agenti deb e’tirof etiladi. Chet ellik jismoniy shaxs tomonidan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash, ushlab qolish, o‘tkazib berish, soliq agenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydigan shakl bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisob-kitobini va aktsiyalar oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar reestrini taqdim etish, soliq to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish va mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish (rasmiylashtirish) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha Soliq kodeksning 155 1 - moddasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar sotuvchida — chet ellik jismoniy shaxsda mol-mulk realizatsiya qilingan yildan keyingi yilning 1 apreliga qadar Soliq kodeksning 192-moddasi uchinchi qismiga muvofiq daromadlarni deklaratsiya qilish bo‘yicha majburiyat yuzaga kelsa, soliq agenti tomonidan ushbu moddaga muvofiq ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya taqdim etilayotganda davlat soliq xizmati organi tomonidan qayta hisoblab chiqarilishi mumkin. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq stavkasini qo‘llash maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha (yil boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi) hisobga olinadi. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini, shuningdek eng kam ish haqining karrali miqdorlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarish uchun eng kam ish haqi miqdorining joriy yilning 1 yanvaridagi holati inobatga olinadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va ushlab qolish belgilangan soliq solinadigan baza hamda stavkalardan kelib chiqqan holda daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha har oyda jismoniy shaxsning asosiy ish joyi bo‘yicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining hisoblab chiqarilgan summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling