Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad 
solig‘i stavkalari


240
Aholining keng qatlamini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda 
ularning real daromadlarini yanada oshirish maqsadida jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi ham pasaytirib 
borilmoqda. Buni quyidagi diagramma ma’lumotlari asosida ko‘rib 
o‘tish mumkin:
4.3.2-diagramma. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
stavkalari (quyi va yuqori miqdorlari)ning o‘zgarish dinamikasi
55
 
2018 yildan jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va 
boshqa daromadlaridan soliq stavkasi quyidagi jadval ma’lumotlari 
asosida hisoblanadi (4.3.1-jadval).
4.3.1 -jadval 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
STAVKALARI
56
 
Soliq solinadigan daromad 
 
Soliq stavkasi 
 
eng kam ish haqining bir baravarigacha 
miqdorda 
daromad summasining 0 foizi 
eng kam ish haqining bir baravaridan 
(+1 so‘m) besh baravarigacha miqdorda 
eng kam ish haqi miqdorining bir baravaridan 
oshadigan summaning 7,5 foizi 
eng kam ish haqining besh baravaridan 
(+1 so‘m) o‘n baravarigacha miqdorda 
besh baravar miqdordan soliq + eng kam ish 
haqi miqdorining besh baravaridan oshadigan 
summaning 16,5 foizi 
eng kam ish haqining o‘n baravari (+1 
so‘m) va undan yuqori miqdorda
o‘n baravar miqdordan soliq + eng kam ish 
haqi miqdorining o‘n baravaridan oshadigan 
summaning 22,5 foizi 
55
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida tayyorlangan. 
56
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-son qaroridan olindi. 


241
Soliq solinadigan daromadlar guruhlari bo‘yicha soliq solish 
shkalasi yil boshida - 2018 yil 1 yanvarda belgilangan eng kam ish haqi 
miqdoridan (172 240 so‘m) kelib chiqib belgilanadi va eng kam ish haqi 
miqdori yil davomida o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini 
hisoblab chiqarish maqsadida eng kam ish haqining miqdori yil 
boshidan ortib boruvchi yakun bilan hisobga olinadi (yil boshidan 
tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi). 
Belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblangan, byudjetga 
to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi 
fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga 
o‘tkaziladigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
solinadigan daromadlaridan "0" stavka bo‘yicha soliq solinadigan 
daromad (eng kam ish haqining bir baravari) chegirilgan holda 2% 
miqdorida hisoblab chiqariladigan har oylik majburiy badallar 
summasiga kamaytiriladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq eng kam stavka bo‘yicha soliq 
solinadigan jismoniy shaxslarning alohida daromadlariga soliq solish 
maqsadlarida eng kam stavka 7,5 foiz miqdorida qabul qilinadi. 
Jismoniy shaxsning — O‘zbekiston Respublikasi norezidentining 
O‘zbekiston Respublikasidagi daromadlar manbaidan olingan
daromadlariga manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar bo‘yicha 
soliq solinadi:
- dividendlar va foizlarga — 10 foiz;
- Soliq kodeks 155-moddasi uchinchi qismining 9-bandiga muvofiq 
belgilanadigan xalqaro tashishlarda transport xizmatlari ko‘rsatishdan 
olinadigan daromadlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) — 6 foiz;
- mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy tusdagi 
shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlarga, ushbu qismning ikkinchi 
va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilmagan boshqa daromadlarga — 20 
foiz. 
To‘lov manbaida soliq solish to‘lov O‘zbekiston Respublikasi 
hududida yoki uning hududidan tashqarida sodir etilganligidan qat’i 
nazar amalga oshiriladi. 
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga belgilangan eng kam 
stavka bo‘yicha soliq solinadi: 
- baland tog‘li, cho‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan 
koeffitsientlar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar tariqasida olingan 


242
daromadlarga. Bunda cho‘l va suvsiz joylarda, baland tog‘li va tabiiy-
iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun yuridik shaxslar 
xodimlarining ish haqiga koeffitsientlar hisoblashning eng yuqori 
summasi hisoblash paytidagi holatga ko‘ra belgilangan eng kam ish 
haqining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi;
- korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik 
qishloq xo‘jaligi ishlariga yuborilgan jismoniy shaxslarning shu ishlarni 
bajarishdan olingan daromadlariga bundan Soliq kodeksning 179-
moddasi 33-bandida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslarning daromadlari 
mustasno. 
- mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga;
- jismoniy shaxslardan tekin olingan ulushlar, paylar va aktsiyalar 
tarzidagi daromadlarga;
- jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan 
ko‘chmas mulkni sotishdan olingan daromadlarga. 
Soliq kodeksining 179-moddasiga 
muvofiq jismoniy shaxslarning quyidagi 
daromadlariga soliq solinmaydi: 
1) moddiy yordam summalari:
- favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam 
summalari — to‘laligicha;
- vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot 
etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam 
summalari — eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha miqdorda;
- Soliq kodeksning 178-moddasida ko‘rsatilgan boshqa hollarda, — 
soliq davri uchun eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha 
miqdorda. 
2) yo‘llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan to‘liq yoki 
qisman qoplash summalari, turistik yo‘llanmalar bundan mustasno: 
- O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va 
sog‘lomlashtirish muassasalariga yo‘llanmalar qiymatini nogironlarga, 
shu jumladan mazkur korxonada ishlamaydigan nogironlarga to‘liq yoki 
qisman qoplash summalari; 
- O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar 
oromgohlari va boshqa sog‘lomlashtirish oromgohlari, shuningdek 
sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalariga o‘z xodimlarining 
o‘n olti yoshga to‘lmagan (o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar) 
bolalari uchun yo‘llanmalar qiymatini to‘liq yoki qisman qoplash 
summalari; 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling