Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
-diagramma. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
4.3.1-diagramma. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi 54 54 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi “O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorlari asosida tayyorlangan. 229 Diagramma ma’lumotlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini byudjet daromadlari tarkibida ahamiyatli ekanligidan darak beradi. Soliq kodeksining 167-modasiga ko‘ra muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilardir. Jismoniy shaxslarning — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga Soliq kodeksning 182-moddasida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar bo‘yicha soliq solinadi. Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyekti hisoblanadi: - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari; - O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari. Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, Soliq kodeksning 58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish obyekti bo‘lmaydi. Soliq kodeksining 170-modasiga muvofiq soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, Soliq kodeksning 179 va 180-moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi. Agar soliq to‘lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko‘ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi. Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi. Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi: 1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar; 2) mulkiy daromadlar; 3) moddiy naf tarzidagi daromadlar; Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling