Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
2. Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali
qazilmalar asosiy foydali qazilma boyligini qazib olganlik stavkasidan 30% Izoh: *)Belgilangan stavka bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi belgilagan tartibda utilizatsiya qilingan tabiiy gazni realizatsiya qiladigan korxona tomonidan to‘lanadi. **)»Navoiy KMK» DK uranni kavlab olish bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda to‘laydi. ***)Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq belgilangan stavka asosida realizatsiya qilingan mahsulot hajmidan kelib chiqib to‘lanadi. 205 Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq soliq to‘lovchilar tomonidan soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: yuridik shaxslar tomonidan - ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda; jismoniy shaxslar tomonidan - yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay (9-ilova). Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi: mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan - hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay; mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay. Yuridik shaxslarning yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob- kitoblarining buxgalteriya hisobi byudjetga to‘lovlar (turlari) bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ida yuritiladi. Hisoblab yozilgan soliq summasi buxgalteriyada quyidagicha aks ettiriladi: davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘ining debeti; byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ining krediti. Byudjetga o‘tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi: byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ining debeti; pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘ining krediti. Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to‘langan holda, boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarz bo‘lmagan taqdirda, ushbu Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling