3.10. Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi
«O‘zbekiston Respublikasining asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va 2002 yilgi Davlat
byudjetining parametrlari to‘g‘risida»gi 490-sonli qaroriga muvofiq
jismoniy shaxslarning transport vositalari bo‘yicha to‘laydigan mol-
mulk solig‘i o‘rniga 2002 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslardan
transport vositalariga ishlatish uchun olgan yoqilg‘i solig‘i joriy etildi.
Mazkur qarorda transport vositalariga ishlatish uchun benzin, dizel
yoqilg‘i va suyultirilgan gaz sotib oluvchi jismoniy shaxslar mazkur
soliq summasini tegishli yoqilg‘i uchun belgilangan chakana narxga
qo‘shimcha tarzda to‘lashi hamda jismoniy shaxslarga transport
vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz sotish bilan
shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar ushbu soliqni ushlab
qolishi va byudjetga o‘tkazib berishi belgilab qo‘yildi.
2018 yil 1 yanvardan boshlab esa transport vositalariga ishlatish
uchun olgan yoqilg‘i solig‘iga almashtirildi.
Ma’lumki, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq mahalliy soliqlar tarkibiga kirib, mahalliy
byudjetlarning daromad manbayidir. Mazkur soliqning davlat byudjeti
daromadlaridagi salmog‘i yillar bo‘yicha tahlil etilganda 2004 yilda 1,8
foizni, 2008 yilda 2,1 foizni, 2012 yilda 2,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa,
2017 yil byudjet ko‘rsatkichlarida esa 4,3 foizni tashkil etmoqda (3.10.1-
diagramma).
Soliq to‘lovchilar, so-
liq obyekti va bazasi
208
3.10.1-diagramma. Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliqning davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i
Do'stlaringiz bilan baham: |