228
Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida byudjet tushumlaridan
salmoqli o‘rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy
shaxslardan olinadigan
daromad solig‘idir. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
1991 yilning mart oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining 1991
yil 15 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan
olinadigan daromad
solig‘i to‘g‘risida»gi Qonuni asosida joriy etilgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – davlat byudjeti
daromadlarining asosiy manbalaridan biri bo‘lib, u umumdavlat soliqlari
tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos xususiyati
shundaki, soliq jismoniy
shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
Bugungi kunda jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar va yig‘imlar
davlat byudjeti daromadlarining qariyib 15-20 foizini tashkil etmoqda.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining byudjeti
daromadlaridagi salmog‘ini
tahlil etar ekanmiz, ushbu ko‘rsatkich 2004
yilda 12,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2008 yilda 12.5 foiz bo‘lgan. 2017
yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat byudjeti
daromadlarining 10.1 foizini, to‘g‘ri soliqlardagi ulushi esa 41.9 foizni
tashkil etmoqda (4.3.1-diagramma).
Do'stlaringiz bilan baham: