352
Balans qiymati - buxgalteriya balansida asosiy fondlar va
aylanma mablag‘larning pulda ifodalangan bahosi.
Balans foyda – mahsulot tannarxiga kiritiladigan barcha
harajatlar va chiqimlar hamda majburiy to‘lovlar chegirilganidan
so‘nggi korxona yalpi daromadining qismi.
Balans foyda soliqqa
tortulguncha qadar bo‘lgan yalpi foydadir.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar – a) ijtimoiy: Byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasi, Byudjetdan tashqari Umumta’lim
maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot
muassasalarini
rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va
jihozlash jamg‘armasi; b) noijtimoiy: yo‘l jamg‘armasi va boshqa
jamg‘armalardan iborat bo‘lib, ularning barchasi byudjet tizimida
konsolidatsiyalanadi.
Byudjet profitsiti - muayyan davrda byudjet daromadlarining
byudjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
Byudjet tizimi – turli darajadagi byudjetlar va byudjet
mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, ularni
tashkil etishni va tuzish
prinsiplarini, shuningdek byudjet jarayonida paydo bo‘ladigan ular
o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: