353
tovarlarning bahosi bilan ichki bozordagi xudi shunga o‘xshash
tovarlarning bahosini tenglashtirish lozim.
Bojlarning stavkalari – hukumat tomonidan o‘rnatilib, yagona
hisoblanadi va chegaradan tovarlarni olib o‘tuvchi shaxslarga
bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zarmasdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni
operativ ravishda tartibga solishning dastagi bo‘lib xizmat qiladi.
Ularning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin:
a) advalor stavkalar (boj undiriladigan tovarning boj qiymatiga
nisbatan foizda o‘rnatiladi);
b) maxsus stavkalar (boj undiriladigan tovarning birligiga
nisbatan aniqlanadi);
v) aralash stavkalar (boj undirishning
dastlabki ikki varianti
qo‘llaniladi).
Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot – birgalikdagi faoliyat
natijasi bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Vakolatli organlar - vakolatli organlar quyidagilardir:
1) davlat soliq xizmati organlari — O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar davlat
soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar,
shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari;
2) bojxona organlari — O‘zbekiston
Respublikasi Davlat
bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari,
bojxona komplekslari va bojxona postlari;
3) moliya organlari — O‘zbekiston
Respublikasi Moliya
vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar
va Toshkent shahar xokimliklarining
moliya boshqarmalari, tuman
va shahar xokimliklarining moliya bo‘limlari;
4) boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga
oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari. quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: