Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Ikkiyoqlama soliqqa tortish


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Ikkiyoqlama soliqqa tortish – 1. Turli soliqlarni daromad 
(kapital)ning yagona manbaidan olinishi; 2. Qo‘shma korxona 
xorijiy ishtirokchisining foydasini xorijga o‘tkazilayotgan paytda 
soliqqa tortish va xudi shu foydani xorijiy ishtirokchi mamlakatida 
soliqqa tortilishi; 3. Sof foyda (daromad) (korporatsiyalar foydasi) v 
undan to‘lanadigan dividentlarni ular shaxsiy daromadga 
aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda to‘langan 


356
soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi 
soliqqa tortish manbaini ikkinchi mamlakatda oliqqa tortishdan 
ozod qilish yo‘li bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutilish 
mumkin. 1979 yilda BMT tomonidan manfaatdor davlatlar 
o‘rtasidagi munosabatlarda ikki marta soliqqa tortishga barham 
berish uchun maxsus konvensiya ishlab chiqilgan bo‘lib, uning 
asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi. Ular tomonidan 
o‘rnatilgan soliqqa tortish tartibiga ko‘ra qo‘shma korxona xorijiy 
ishtirokchisi o‘z foydasini xorijga o‘tkazayotgan paytda qo‘shimcha 
soliqdan ozod qilinadi. 
Imtiyoz - ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki 
to‘liq) ozod etish, ma’lum bir afzalliklarga (qulayliklarga) ega 
bo‘lish, masalan, soliq imtiyoziga.
Yig‘imlar – qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibda va 
shartlarda to‘lovchilar tomonidan mahalliy byudjetlarga yoki 
byudjetdan tashqari jamg‘armalarga o‘tkaziladigan majburiy 
badallar. Ularning tarkibiga ayrim turdagi tovarlar bilan chakana 
savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun 
yig‘im, Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar kiradi.
Kurs bo‘yicha farq - milliy valutaga nisbatan chet el valutasi 
kursining o‘zgarishi munosabati bilan chet el valutasida amalga 
oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling