356
soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi
soliqqa tortish manbaini ikkinchi mamlakatda oliqqa tortishdan
ozod qilish yo‘li bilan ikki marta
soliqqa tortishdan qutilish
mumkin. 1979 yilda BMT tomonidan manfaatdor davlatlar
o‘rtasidagi munosabatlarda ikki marta soliqqa tortishga barham
berish uchun maxsus konvensiya ishlab chiqilgan bo‘lib,
uning
asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi. Ular tomonidan
o‘rnatilgan soliqqa tortish tartibiga ko‘ra qo‘shma korxona xorijiy
ishtirokchisi o‘z foydasini xorijga o‘tkazayotgan paytda qo‘shimcha
soliqdan ozod qilinadi.
Imtiyoz - ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki
to‘liq)
ozod etish, ma’lum bir afzalliklarga (qulayliklarga) ega
bo‘lish, masalan, soliq imtiyoziga.
Yig‘imlar – qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibda va
shartlarda to‘lovchilar tomonidan mahalliy byudjetlarga yoki
byudjetdan tashqari jamg‘armalarga o‘tkaziladigan
majburiy
badallar. Ularning tarkibiga ayrim turdagi tovarlar bilan chakana
savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun
yig‘im, Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar kiradi.
Kurs bo‘yicha farq - milliy valutaga
nisbatan chet el valutasi
kursining o‘zgarishi munosabati bilan chet el valutasida amalga
oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq.
Do'stlaringiz bilan baham: