357
to‘lovlari, tovarlar birjasining
xizmat qiymatlari, tashish, saqlash va
etkazib berish haqlarining yig‘indisidan tashkil topadi.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar – mahalliy byudjetga
olinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy to‘lovlari.
Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i,
benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq,
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo
qilish va ayrim turdagi
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im
Mahalliy byudjet - Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman,
shahar pul mablag‘lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda
daromad manbalari va ularning tushumlari miqdori,
shuningdek,
moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar
sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Ma’muriy javobgarlik – ma’muriy huquqbuzarlikni sodir
etganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar yuridik
javobgarligining shakllaridan biri.
Moliyaviy sanksiyalar - soliqqa oid
huquqbuzarlik uchun
javobgarlik chorasi bo‘lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: