354
kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat
tashkilotlari tomonidan
O‘zbekiston Respublikasiga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga,
yuridik va
jismoniy shaxslarga beg‘araz asosda beriladigan mol-mulk,
shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga hamda O‘zbekiston
Respublikasi Hukumatiga beg‘araz asosda beriladigan mol-mulk.
Davlat byudjeti daromadlari – o‘z tarkibiga quyidagilarni
oladi: 1) qonun hujjatlarida belgilangan
soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar hamda soliqsiz boshqa tushumlar; 2) davlatning moliyaviy
aktivlari va boshqa aktivlarining joylashtirilishi,
foydalanishga
berilishi va sotishga berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun
hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha
davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 4)
yuridik va jismoniy
shaxslardan, shuningdek xorijiy davlatlardan kelgan
qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslar va
xorijiy davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini
qaytarish hisobiga
berilgan to‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa
daromadlar.
Davlat byudjeti – davlat pul mablag‘larining (shu jumladan,
davlat maqsadli jamg‘armalarining) markazlashtirilgan fondi bo‘lib,
unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori,
shuningdek moliya yili davomida
aniq maqsadlar uchun
ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda
tutiladi.
Davlat soliq xizmati organlari - davlat soliq xizmati organlari
quyidagilardir: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat
soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar,
shaharlar va shahardagi
tumanlar davlat soliq inspeksiyalari
Do'stlaringiz bilan baham: