Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
132 IKKINCHI QISM O‘n to‘qqizinchi bob MARGARITA Men bilan yuring, kitobxon! Dunyoda chinakam, sadoqatli, boqiy muhabbat yo‘q, deb kim aytdi sizga? Shunday degan yolg‘onchining qabohatkash tili kesilsin! Siz faqat men bilan yuring, kitobxon, men ko‘rsataman sizga o‘shanday pok muhabbatni! Yo‘q! Usta kasalxonada Ivanushkaga achchiq qayg‘u bilan, u meni unutib yuborgan, deb aytganida yanglishgan edi. Bunday bo‘lishi aslo mumkin emas edi. U ayol ustani unutmagan edi, albatta. Keling, birinchi navbatda, ustaning Ivanushkadan yashirgan sirini oshkor qilaylik. O‘shal mahbubaning ismi-sharifi Margarita Nikolaevna bo‘lib, ustaning bu ayol to‘g‘risida sho‘rpeshona shoirga aytgan hamma gaplari to‘g‘ri edi. Ha, u o‘z mahbubasini to‘g‘ri tasvirlagan edi. U juda go‘zal va aqlli ayol edi. Bu gapimizga ilova qilib yana shuni qat’iy ishonch bilan aytishimiz mumkinki, ko‘pchilik ayollar hayotda Margarita Nikolaevna bilan o‘rin almashish uchun hech nimalarini ayama- gan bo‘lar edilar. O‘ttiz yoshli befarzand Margarita juda yirik bir mutaxassisning, mutaxassis bo‘lganda ham davlat ahamiyatiga molik muhim kashfiyot egasining xotini edi. Eri yosh, chiroyli, oqko‘ngil, halol yigit bo‘lib, Margaritani sidqidildan sevar edi. Margarita Nikolaevna eri bilan ikkovi Arbat yaqinidagi tor ko‘chalardan birida bog‘ ichida joylashgan chiroyli imoratning yuqori qavatini butunicha egallashgan edi. G‘oyat xushmanzara joy! O‘shal boqqa borishni ixtiyor qilgan har bir odam gapimning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Xohlovchi bo‘lsa, menga murojaat qilsin, unga adresni aytib, yo‘lni ham ko‘rsataman — u imorat haliyam bor. Margarita Nikolaevna hech qachon puldan siqilmagan. U ko‘ngli tusagan hamma narsani sotib olishi mumkin edi. Erining tanishlari orasida ajoyib kishilar ham uchrardi. Margarita Nikolaevna hech qachon primusga yaqinlashmagan Margarita Nikolaevna umumiy kvartirada yashash mashaqqatlaridan mutlaqo bexabar. Qisqasi... u baxtiyormidi? Bir lahza ham! U o‘n to‘qqiz yoshida erga tegib shu uyda yashay boshlagandan beri baxt nimaligini bilmasdi. O xudolar, xudolar! Nima kerak edi o‘zi bu ayolga! Ko‘zlarida hamisha mavhum bir o‘t chaqnab turuvchi bu ayolga nima kerak edi? O‘shanda bahorda mimoza guli taqib olgan bir ko‘zi xiyolgina g‘ilay bu alvastiga nima kerak edi o‘zi? Bilmayman. Menga ma’lum emas. Chamasi u rost gapirgan edi, ya’ni unga gotika uslubida 20 qurilgan imorat ham, alohida bog‘ ham, pul ham emas, yolg‘iz usta kerak edi. Margarita rost gapirgan edi, u ustani sevar edi. Hattoki men — rostgo‘y qissanavis, garchi begona odam bo‘lsam ham, Margaritaning ertasi kuni ustanikiga kelib, uning uyda yo‘qligidan qanday iztirob chekkanini o‘ylasam, yuraklarim ezilib ketadi (yaxshiyamki, baxtiga tunda eri qaytib kelmagan va Margarita u bilan gaplashishga ulgurmagan edi). U usta to‘g‘risida biron darak eshitish uchun qo‘lidan kelgan hamma harakatni qildi, lekin, turgan gapki, hech nima bila olmadi. Shundan keyin u o‘z uyiga qaytib, yana avvalgidek kun kechira boshladi. — Ha, ha, ha, o‘xshash xato! — derdi Margarita qishda pechka oldida olovga tikilib o‘tirarkan, — nega axir o‘shanda, kechasi uni tashlab ketdim? Nega? Bu axir telbalik edi-ku! Men va’damga vafo qilib ertasi kuni bordim, lekin kechikkan edim. Ha, men ham xuddi baxtiqaro Leviy Matveyga o‘xshab ancha kechikib bordim! Bu bema’ni gap edi, albatta, negaki, aslini olganda, agar u o‘sha kecha ustaning uyida qolganida ham hech qanday o‘zgarish bo‘lmasdi! 20 Gotika uglubi — Yevropada o‘rta asrlarda rivojlangan me’morchilik uslubi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling