Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
eng xilvat bir go‘shasini tanladi. U choy ichib bo‘lib, derazasi yo‘q qorong‘i hujraga kirdi, bu yerda 
chama-donlar va har xil eski-tuskilar tiqib tashlangan ik-kita katta shkaf turardi. U cho‘qqayib o‘tirib, 
birin-chi shkafning pastki g‘aladonini ochdi va u yerda yotgan shoyi qiyqimlari ostidan o‘zi uchun 
hayotida birdan-bir bebaho hisoblangan narsani qo‘liga oldi. Bu — jigar rang charm muqovali 
fotografiya albomi bo‘lib, uning ichida ustaning surati, o‘n ming so‘m omo-nati bo‘lgan omonat 
daftarchasi, xitoy qog‘ozi orasiga bostirib qo‘yilgan atirgul barglariyu mashinkada yozilgan va past 
tomoni kuygan bir toboqcha keladigan qo‘lyozma bor edi. 
Margarita Nikolaevna shu boyligi bilan yotoqxonasiga qaytib, suratini uch tavaqali ko‘zgu oldiga 
qo‘ydi va olov yalagan qo‘lyozmani tizzasiga yoyib, boshi ham, oxiri ham yonib ketgan bu varaqlarni 
qayta-qayta o‘qib bir soatcha o‘tirdi: «...O‘rtaer dengizi yokdan bostirib kelgan zulmat prokuratorga 
manfur bo‘lgan shaharni burkab oldi. Jomeni dahshatli Antoniy minorasi bilan ulagan muallaq 
ko‘priklar g‘oyib bo‘ldi, osmondan tushgan quyuq siyo Hippodrom uzra qanot yozgan ma’budlarning 
haykallarini, Xasmoney qasrini va uning shinaklarini, bozorlarni, karvon-saroylarni, ko‘chalarni, 
hovuzlarni qamrab oldi... Azim shahar — Yershalaim go‘yo hech qachon dunyoda bo‘lmaganday 
ko‘zdan yo‘qoldi...» 
Margarita asarning davomini o‘qishni istardi, lekin u yog‘ida qing‘ir-qiyshiq quyuq hoshiyalardan 
bo‘lak hech narsa yo‘q edi. 
Margarita Nikolaevna ko‘z yoshlarini artib, qo‘lyozmani qo‘ydi, tirsaklarini ko‘zgu ostidagi 
stolchaga tiragancha, uzoq vaqt ko‘zini suratdan uzmay o‘tirdi. Nihoyat, ko‘z yoshlar tindi. Margarita 
o‘z boyligini yana avaylab taxtladi, bir necha daqiqadan keyin albom yana o‘sha joyiga, qiyqimlar 
ostiga ko‘mildiyu qorong‘i hujraning qulfi sharaqlab yopildi. 
Margarita Nikolaevna sayrga otlanib, dahlizda palto kiyayotganida uy xodimasi go‘zal Natasha, 
tushlikning quyug‘iga nima pishiray, deb so‘radi sohibasidan, menga baribir, degan javobni olgach
yana bir oz vaqtichog‘lik qilgisi keldi shekilli, bekasi bilan chaqchaqlashish maqsadida olamjahon 
mish-mishlarni gapirib tashladi, shu jumladan dedi: 
— Voy, kecha teatrda bir ko‘zboyloqchi shunaqangi nayranglar ko‘rsatibdiki, hammaning og‘zi 
lang ochilib qolibdi, hammaga ikki shishadan chet el atiri, yana paypoq beripti, tekinga keyin 
sehrgarlik seansi tugagach, odamlar ko‘chaga chiqishganda, bundoq qarashsa — hamma shir 
yalang‘ochmish! 
Margarita Nikolaevna kula-kula, shu dahlizda turgan ko‘zgu stolchasiga o‘tirib qoldi. 
— Natasha! Qo‘ying-e, — derdi u, — savodli, farosatli qiz bo‘lsangiz-u, ko‘cha-ko‘yda 
odamlardan eshitgan qayoqdagi yolg‘on-yashiq gaplarni takrorlasangiz-a! 
Natasha cho‘g‘dek qizarib ketdi va jon-jahdi bilan e’tiroz bildira boshladi: 
— Hech ham yolg‘on emas, bugun Arbatdagi gastronomda o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim: oyog‘iga tufli 
kiyib borgan bir ayol kassaga pul to‘lab turganida, birdan tuflisi g‘oyib bo‘lib, paypokda qoldi. 
Ko‘zlari baqraygan! Tovoni teshilgan. Keyin bilsak, o‘sha tufli teatrda berilgan sehrli tufli ekan. 
— Paypoqchan ketaverdimi? 
— Ketaverdi! — dedi Natasha, gaplariga bekasi ishonmayotganidan ko‘proq qizarib. — 
Aytganday, Margarita Nikolaevna, kecha kechasi militsiya yuztacha odamni ushlab olib ketipti. O‘sha 
sehrgarlik seansida bo‘lgan ayollar Tver ko‘chasidan bitta ichki ishtonda chopib ketishganmish. 
— Albatta, buni sizga Darya gapirgan, — derdi Margarita Nikolaevna, — ko‘pdan beri payqab 
yuribman. U yolg‘onni suvday ichadi. 
Bu alomat suhbat Natasha uchun kutilmagan sovg‘a bilan yakunlandi. Margarita Nikolaevna 
yotoqxonasiga kirib, u yerdan bir juft paypoq bilan bir shisha atir ko‘tarib chikdi. U Natashaga, men 
ham sizga fokus ko‘rsatmoqchiman, deb aytib, unga paypoq bilan atirni sovg‘a qildi va: 
— Faqat bitta iltimosim shuki — ishqilib, Tver ko‘chasida paypoqchan chopib yurmang, keyin, 
Daryaning gaplariga ham quloq solmang, — dedi. 
Beka bilan uy xodimasi o‘pishib xayrlashishdi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling