Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
Margarita uni qutqarib qola olarmidi? Qiziq deb aytishimiz mumkin, ammo biz mushkul ahvolga 
tushgan ayol oldida bunday qilmaymiz. 
Margarita Nikolaevna butun qish shunday mashaqqatda yashab, axiyri bahorga chiqib oldi. 
Moskvada badkor sehrgar paydo bo‘lib, har turli bema’ni gavg‘olar ko‘tarilgan kuni, ya’ni Berliozning 
pochchasi Kievga qaytarib yuborilgan, buxgalterni qamoqqa olishgan va yana ko‘p tuturiqsiz mavhum 
voqealar sodir bo‘lgan o‘sha juma kuni choshgoh paytida Margarita imoratning minora ostiga, sirtga 
bo‘rtib chiqqan qismiga joylashgan o‘z yotoqxonasida uyqudan uyg‘ondi. 
Margarita ko‘zini ochdi-yu, ammo bu safar doimiy odati bo‘yicha yig‘lamadi, chunki u nihoyat 
bugun bir kor-hol yuz berishini his qilib uyg‘ongan edi. Endi u ana shu hissiyotini faromush qilib 
qo‘ymaslik uchun uni papalab, ardoqlab kamol toptira boshladi. 
— Men ishonaman! — deb pichirladi Margarita g‘urur bilan, — ishonaman! Biron nima yuz 
beradi! Yuz bermasligi mumkin emas axir, negaki, sirasini olganda, qaysi gunohim uchun umrbod 
azob chekishim kerak? To‘g‘ri, men yolg‘on gapirganimni, aldamchilik qilganimni, odamlardan 
yashirincha, xufiyona hayot ke-chirganimni bo‘ynimga olaman, lekin shu qilmishim uchun bunchalik 
og‘ir jazoga duchor bo‘lishim mumkin emas-ku. Albatta biron nima sodir bo‘ladi, chunki hech bir 
narsa mangu davom etmaydi, axir. Keyin, men bugun xosiyatli tush ko‘rdim, bunga aminman. 
Margarita Nikolaevna quyosh shu’lasidan lolarang bo‘lgan darpardaga tikilib, uch tavaqali ko‘zgu 
oldida shosha-pisha kiyinib, jingalak kalta sochini tararkan shunday pichirlardi. 
Margarita bugun haqiqatan ham juda alomat tush ko‘rgan edi. Gap shundaki, azobda o‘tgan butun 
qish mobaynida u hech qachon ustani tushida ko‘rmagan edi. Kechasiga usta uni tark etar, faqat 
kunduz kunlari Margarita uni o‘ylab iztirob chekardi. Bugun esa kutilmaganda tushiga kirdi u. 
Margarita tanimaydigan joymish — erta bahor, osmonni bulut burkab olganligidan bu joy 
shumshuk va noxush ko‘rinarmish. Avzoi buzuq osmonda pag‘a-pag‘a bulutlar suzarmish va shu 
bulutlar ostida gala-gala qarg‘alar tovushsiz uchib yurarmish. Allaqanday qing‘ir ko‘prikmishu uning 
ostidan bahorgi loyqa suv oqarmish. Shu yerda yarimyalang‘och motamsaro, faqirona daraxtlar, 
yolg‘iz sho‘ppayib turgan tog‘terak, undan narida — qandaydir ekinzor etagida bir yog‘och uy — u 
oshxonami, hammommi, yo boshqa bir nimami noma’lum — daraxtlar orasidan ko‘rinib turganmish. 
Chor atrof o‘lik va shu qadar shumshukmishki, ko‘prikcha yonidagi tog‘terakka sirtmoq tashlab osilib 
o‘lgisi kelarmish Margaritaning. Na «qilt» etgan shabada esar, na bulutlar joyidan siljir, na biron tirik 
jon bor emish bu yerda. Tirik odam uchun jahannamning o‘zi emish! 
Tasavvur qiling-a, shu mahal o‘sha yog‘och uyning eshigi ochilib, ostonada... usta paydo 
bo‘lganmish. Uy ancha yiroqda bo‘lsa ham, Margarita uni aniq ko‘rib turganmish. Ust-boshi to‘zib 
ketganidan, uning qanday libos ekanligini ham bilib bo‘lmasmish. Sochlari paxmaygan, soqol-
mo‘ylovi o‘sib ketganmish. Ko‘zlari xasta va bezovtamish. U qo‘li bilan imlab Margaritani 
chaqirarmish. Shunda Margarita jonsiz havoda nafasi og‘ziga tiqilgancha, o‘nqir-cho‘nqir yerlardan 
uning istiqboli sari chopa boshlapti-yu, birdan uyg‘onib ketipti. 
«Bu tushimning ta’biri faqat ikki ma’nodan birini bildirishi mumkin, — deb mulohaza qila boshladi 
o‘zicha Margarita Nikolaevna, — agar u o‘lgan bo‘lsayu meni imlab chaqirayotgan bo‘lsa, demak u 
meni olib ketgani kelganu yaqinda o‘laman. Shunday bo‘lsa judayam soz bo‘ladi, negaki azobdan 
qutulaman. Yo bo‘lmasa, u tirik, agar shunday bo‘lsa, unda u menga o‘zini eslatmoqchi! Demak, u biz 
yana diydor ko‘rishamiz, demoqchi. Ha, biz juda tez orada uchrashamiz». 
Margarita o‘z mulohazasidan hamon sarxush holda, hammasi ko‘ngildagidek bo‘lyapti, bunday 
qulay fursatdan albatta foydalanib qolish kerak, deb uqtirardi o‘ziga-o‘zi. Eri uch kunga 
komandirovkaga jo‘nab ketgan edi. Shu uch kecha-kunduz mobaynida u o‘zi xon, ko‘lankasi maydon, 
nimani xohlasa, shuni o‘ylashi, ko‘ngli tusagan narsani orzu qilishi mumkin. Yuqori qavatdagi beshta 
xonaning hammasi, Moskvada o‘n minglab kishilarning havasini keltiruvchi bu kvartira butunicha 
uning ixtiyorida edi. 
Biroq o‘zini uch kungacha erkin qush hisoblagan Margarita kelib-kelib bu muhtasham kvartiraning 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling