Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
212
qilganmidik? To‘g‘ri, — dedi baralla ovoz bilan sobiq regent zaharxanda qilib, — ko‘rib turibsiz, u 
binafsha rang palto kiyib yasanib kelgan, qimmatbaho losos balig‘ini yeb pufakdek shishib ksgipti, 
uning hammayog‘i jaraq-jaraq valyuta, ammo bizning birodarimiz-chi?! Qanday nadomat! 
Chidolmayman! Chidolmayman! — deb chinqirdi Korovyov xuddi so‘yilayotgan cho‘chqaday. 
Bu betuturiq, beadab va hattoki siyosiy jihatdan isyonli bo‘lgan va’z Pavel Iosifovichni g‘azabdan 
tutaqtirib yubordi, lekin, taajjubki, bu yerda uymalashib turgan olomonning ko‘zlariga boqib, va’z 
aksar odamlarning rahmini keltirganiga shohid bo‘lish mumkin edi! Begemot isqirt va yirtiq yengini 
ko‘ziga olib borib, fojiona ohangda: 
— Mendek jabrdiydaning yonini olganing uchun rahmat senga, sadoqatli do‘stim! — degan edi 
hamki, mo‘‘jiza sodir bo‘ldi. Hozirgina shirinliklar bo‘limidan mag‘iz solingan uchta pirojniy xarid 
qilgan, g‘aribona, ammo juda ozoda kiyingan, o‘ta nazokatli, yuvosh tabiat chol birdan o‘zgarib ketdi. 
Uning ko‘zlarida jangovar o‘t chaqnadi, cho‘g‘dek qizarib ketdi va pirojniylar solingan xaltachani 
yerga otib, go‘daklarnikidek ingichka ovoz bilan chiyilladi: 
— To‘g‘ri! — Keyin u boya Begemot buzib yuborgan shokolad minorasi ostidagi patnisni tortib 
olib, bir qo‘li bilan ajnabiyning boshidan shlyapasini yulib oldi-da, o‘ng qo‘lidagi patnisning o‘rtasi 
bilan uning kal boshiga qulochkashlab shunday urdiki, yuk mashinasidan yerga tunuka 
tushirilayotganda qanday taraqlagan ovoz eshitilsa, hozir ham shunday dahshatli ovoz butun magazinni 
bosib ketdi. Baqaloq ajnabiy rangi quv o‘chib, chalqancha yiqilarkan, Kerch selyodkasi solingan 
bochkaga o‘tirib qoldi va buning oqibatida selyodkaning namakobi uning chor yonidan fontan bo‘lib 
otildi. Ayni shu payt ikkinchi mo‘‘jiza yuz berdi. Bochkaga orqasi bilan tiqilib qolgan bu ajnabiy sof 
rus tilida chinqirib yubordi: 
— Voy, o‘ldirishyapti! Militsiya! Meni banditlar o‘ldirishyapti! — o‘ziga shu choqqacha begona 
bo‘lgan tilni u, chamasi, hozirgi asabiy hayajon oqibatida, dabdurustdan o‘zlashtirib olgan bo‘lsa 
kerak. 
Shu payt eshikog‘asining hushtagi tindi va bezovta xaridorlar olomoni orasida davraga yaqinlashib 
kelayotgan ikkita militsioner dubulg‘asi ko‘zga tashlandi. Lekin badkor Begemot, xuddi hammomga 
tushgan odam supachaga tosdan suv sepganday, shirinliklar bo‘limi peshtaxtasi ustiga primusidan 
benzin quydi va benzin o‘z-o‘zidan o‘t oddi. Alanga «pov» etib yuqori ko‘tarildi-yu, peshtaxta bo‘ylab 
pildirab ketdi va yo‘l-yo‘lakay ho‘l mevalar to‘ldirilgan savatchalarnipg chiroyli qog‘oz lentalarini 
yalab yondirib o‘tdi. Sotuvchi ayollar qiy-chuv ko‘tarib, peshtaxtalar ortidan otilib chiqishdi, xuddi shu 
mahal derazalarga tutilgan darpardalarni o‘t oldi va yerga to‘kilgan benzin ham yona boshladi. Olomon 
birdan jon achchig‘ida faryod ko‘tarib, endi hech keragi bo‘lmay qolgan Pavel Iosifovichni ham bosib-
yanchib, shirinliklar bo‘limidan pala-partish chekina boshladi, baliq bo‘limining sotuvchilari esa 
qo‘llarida o‘tkir pichoqlari bilan turnaqator tizilishib orqa eshik tomon shataloq otib qochishdi. 
Boshdan-oyoq selyodka namakobiga bo‘kko‘an binafsha rang paltoli ajpabiy bir iloj qilib bochka 
asoratidan qutuldi-yu, peshtaxtada yotgan syomga balig‘i osha hatdab o‘tib, u ham sotuvchi erkaklar 
orqasidan juftakni rostlab qoldi. Yong‘indan qochgan olomonning siquvi ostida magazinning ko‘cha 
eshigiga o‘rnatilgan ko‘zgular chil-chil sindi, lekin ikki ablah — Korovyov bilan ochko‘z 
Begemotpipg qayoqqa g‘oyib bo‘lganini hech kim bilmay qoldi. Keyinchalik, Smolenskiy bozoridagi 
Torgsinda yuz bergan yong‘in paytida hozir bo‘lgan guvohlarning hikoya qilishlaricha, go‘yo ikki 
bezori yuqoriga, shiftgacha ko‘tarilganmish-u, o‘sha yerda xuddi bolalarning pufaklari singari «paq» 
etib yorilib, g‘oyib bo‘lganmish. Bunday bo‘lishi albatta dargumon, ammo ko‘rmagan narsamiz haqida 
hech nima deya olmaymiz. 
Lekin shuni aniq bilamizki, Smolenskiy bozorida yuz bergan hodisadan rosa bir daqiqa o‘tgach, 
Begemot bilan Korovyov Griboedov xolasining uyi oldidagi xiyobonda paydo bo‘lishdi. Korovyov 
panjara devor oldida to‘xtab, shunday dedi: 
— Buni qara! Axir bu adiblar uyi-ku. Bilasanmi, Begemot, men bu uy haqida juda ko‘p g‘aroyib va 
maqtov so‘zlar eshitganman. Sen bu uyga yaxshilab nazar tashla, do‘stim! Mana shu dargohda ne-ne 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling