Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
210 kim aytdi sizga menda valyuta yo‘q deb? Kiyim-boshimga qarab shuiday o‘yga bordingizmi? Hech qachon bunday ish tutmaig, qimmatli qo‘riqchi! Ju g da katta xatoga yo‘l qo‘yib qo‘yishingiz mumkin. Hech bo‘lmasa mashhur halifa Xorup ar-Rashidning kechmishlariga qayta ko‘z yugurtirib chiqing. Ammo mazkur vaziyatda, u tarixni vaqtincha chetga qo‘yib, sizga shuni aytmoqchimanki, ustingizdan mudiringizga shikoyat qilaman va siz to‘g‘ringizda shunday gaplarni aytib beramanki, oqibatda oynavand qo‘shqavat eshik orasidagi issiq o‘rningizdan judo bo‘lishingiz hech gap emas. — Balki primusim to‘la valyutadir, — qizishib gapga aralashdi, nuqul magazinga suqulib kirishga urinayotgan mushukbashara baqaloq. Magazin eshigi oldida ancha-muncha odam to‘planib qolgan edi. Ularning toqati toq bo‘lib, bu ikki xaridorni siqib kelaverishdi. Natijada bu ikki alomat kishiga nafrat va shubha bilan tikilgan eshikog‘asi o‘zini chetga olishga majbur bo‘ldi, shunda bizning tanishlarimiz Korovyov bilan Begemot magazinga kirdilar. Bu yerda ular, birinchi navbatda, hammayoqqa bir-bir ko‘z yugurtirib chiqishdi, so‘ng Korovyov magazinning hamma yeriga ham eshitiladigan yangroq ovoz bilan dedi: — Ajoyib magazin! Juda, juda yaxshi magazin. Peshtaxta oldidagi xaridorlar ovoz kelgan tomonga negadir taajjub bilan yalt etib o‘girilishdi, holbuki magazinni maqtashga asos bor edi. Tokcha kataklariga turli xil gul solingan, rang-barang chitlar toy-toy qilib taxlab tashlangan. Ularning orqasida xom surp, shifon va frakbop movutlar bor. Ulardan narida tog‘-tog‘ qilib uyilgan poyabzal qutilari. Bu yerda bir nechta ayol pastak kursilarga o‘tirib olib, oyoqlariga yangi, yaltiroq tuflilar kiyib ko‘rishar, jiddiy qiyofada gilamcha ustida yurishardi. Undan narida muyulish orqasidan patefon ovozi kelardi. Lekin Korovyov bilan Begemot bu jozibali manzaralar yonidan o‘tib borib, to‘g‘ri oziq-ovqat mahsulotlari va shirinliklar bo‘limi tomon yo‘l olishdi. Bu yerning sahni ancha keng bo‘lib, peshtaxta oldi gazmol bo‘limidagi singari tiqilinch emas edi. Soqol-mo‘ylovi qirtishlab olingan, mugiz gardishli ko‘zoynak taqqan, boshida, lentasiga dog‘ ham tushmagan yap-yangi shlyapa, egniga och-binafsha rang palto, qo‘liga malla rang mayin qo‘lqop kiygan past bo‘yli, baqaloq odam peshtaxta oldida turib, sotuvchiga bir nimalarni g‘o‘ldirab buyurardi. Chinniday toza oq xalat va ko‘k shapkacha kiygan sotuvchi binafsha rang paltoli xaridorga xizmat qilardi. U Leviy Matvey o‘g‘irlagan pichoqqa judayam o‘xshab ketuvchi o‘tkir pichoq bilan yog‘i yaltillab turgan pushti rang losos balig‘ining xuddi ilonnikiga o‘xshab kumushdek tovlanuvchi terisini shilar edi. — Bu bo‘lim ham g‘oyat soz, — deb tantanavor ohangda e’tirof etdi Korovyov va barmog‘i bilan binafsha rang palto kiygan odamni ko‘rsatib ilova qildi: — ajnabiy xaridor ham yoqimtoygina ekan. — Yo‘q, Fagot, yo‘q, — o‘ychanlik bilan javob qildi Begemot, — sen, do‘stim, yanglishyapsan. Menimcha, bu jentlmenning ruxsorida bir nima yetishmayapti. Binafsha rang paltoli kishining kifti seskanganday bo‘ldi, lekin bu tasodif edi chamasi, chunki u Korovyovning o‘z hamrohi bilan gaplashgan ruscha gapga tushunmas edi-da. — Yakshi? — deb jiddiy ohangda so‘radi binafsha rang paltoli. — A’lo, — deb javob qildi sotuvchi pichoq uchi bilan baliq terisi ostini ustalik bilan kavlab ko‘rsatarkan. — Yakshi — men yakshi ko‘radi, yaman — meniki yaman ko‘radi, — dedi jiddiy ohangda ajnabiy. — Bo‘lmasam-chi! — zavq bilan javob qildi sotuvchi. Bu payt tanishlarimiz losos xarid qilayotgan ajnabiydan uzoqlashib, shirinliklar sotiladigan peshtaxta oldiga yaqinlashdilar. — Kun qizidi-ku, — deb murojaat qildi Korovyov ikki yuzi qip-qizil sotuvchi qizga, lekin undan hech qanday sado chiqmadi. Shunda u: — Mandarin qanchadan? — deb so‘radi. — Kilosi o‘ttiz tiyin, — deb javob qildi sotuvchi qiz. — Muncha qimmat, — dedi Korovyov xo‘rsinib, — eh, eh... u yana bir oz o‘ylanib turdi-da, hamrohini chaqirdi: — Ol, yeyaver, Begemot. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling