Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
213 behudud iste’dodlar pishib yetishayotgani menga ulkan huzur bag‘ishlaydi. — Parnikda o‘sgan ananasdek pishib yetilishadi degin, — ded Begemot va serustun, sarg‘ish binoni durustroq ko‘rish uchun cho‘yan panjara o‘rnatilgan beton ioydevor ustiga chiqdi. — Juda to‘g‘ri aytding, — deb Korovyov qadrdon xamrohining fikriga qo‘shilishdi, — hozir mana shu binoda «Don Kixot»ning yoki «Faust»ning, yo bo‘lmasa, azbaroyi shifo, «O‘lik jonlar»ning bo‘lg‘usi mualliflari yetilayotgani haqida o‘ylasang, vujudingni kandaydir bir totli vahima qamraganday bo‘ladi! Nima deysai? — O‘ylasang vahming keladi, — deb do‘stining fikrini tasdiqladi Begemot. — Ha, — deb davom etdi Korovyov, — juda g‘aroyib narsalarning shohidi bo‘lish mumkin bu uyning parniklarida, zero bu uy Melpomena*, Poligimniya* va Taliya*larga butun hayotini fido qilgan bir necha ming jonbozlarni o‘z panohiga to‘plagan. Basharti shu jonbozlardan birontasi kitobxon ahliga namuna sifatida «Revizor»ni, yo bo‘lmasa, «Yevgeniy Onegin»ni taqdim qilgudek bo‘lsa, qanaqa shov-shuv ko‘tarilishini sen tasavvur qilsang kerak! — Judayam-da, — deb yana tasdiqladi Bsgsmot. — Ha, — dedi Korovyov va tashvishli qiyofada barmog‘ini ko‘tardi, — lekin! Men yana takror aytaman — lekin! Agar bu nozik, chiniqmagan teplitsa o‘simliklariga biron-bir mikrob tushib, uning ildizini kemirmasayu chiritib yubormasa! Bunday hol ananaslarda uchrab turadi. — Aytganday, — dedi Begemot, dum-dumaloq boshini panjaradan tiqib, — anavilar nima qilishyapti rovonda? — Ovqatlanishyapti, — deb izohladi Korovyov, — senga yana shuni ham aytishim mumkinki, azizim, bu yerning restorani yaxshigina va taomlari arzon. Lekin men hozir, sirasini aytganda, olis safarga shaylangan har qanday sayyoh singari, miriqib ovqatlanish va kattakon bordoqni lim-lim to‘ldirib muzdakkina pivo ichish ishtiyoqidaman. — Men ham, — dedi Begemot, shundan keyin ikki muttaham jo‘ka daraxtlari ostidan o‘tgan asfalt yo‘lkadan bo‘lg‘usi falokatdan g‘ofil restoranning rovoni sari ravona bo‘ldilar. Rovonga kiraverishda, atrofiga yam-yashil o‘tlardan so‘ri qilingan eshikning bir chekkasiga qo‘yilgan stulda oq paypoq, dumli oq beretka kiygan rangpar bir ayol zerikib o‘tirardi. Uning oldidagi odmigina ovqat stoli ustida qalin bir daftar yotar va ayol nima uchundir restoranga kirganlarni shu daftarga qayd qilib o‘tirardi. Mana shu ayol Korovyov bilan Begemotning yo‘lini to‘sdi. — Guvohnomalaringiz bormi? — u Korovyovning pensnesiga, shuningdek, Begemotning primusi va uning yirtiq tirsagiga taajjub bilan tikilardi. — Bizni ming bor afv etgaysiz, qanday guvohnomani so‘rayapsiz? — deb so‘radi hayron qolgan Korovyov. — Sizlar yozuvchimisizlar? — deb ayol ham savol berdi o‘z navbatida. — Shak-shubhasiz, — viqor bilan javob qildi Korovyov. — Guvohnomalaringizni ko‘rsating unda! — takrorladi ayol. — O, go‘zalim... — deb nazokat bilan gap boshladi Korovyov. — Men go‘zal emasman, — deb uning so‘zini bo‘ldi ayol. — O, afsus, — dedi Korovyov popugi pasayib va gapida davom etdi: — Nachora, biz uchun sizning go‘zal bo‘lishingiz afzalroq edi, ammo siz bunday imtiyozdan yuz o‘girar ekansiz, mayli, ixtiyoringiz. Gap shundaki, Dostoevskiyning yozuvchi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun nahot undan guvohnoma talab qilish kerak bo‘lsa? Undan ko‘ra siz, uning qaysi romanidan bo‘lmasin xohlaganingiz besh sahifani olib o‘qing, uning hech qanday guvohnomasiz ham haqiqiy yozuvchi janligiga iqror bo‘lasiz-qo‘yasiz. O‘ylaymanki, Dostoevskiyda, umuman, hech qachon, hech qanday guvohnoma bo‘lmagan! Sen nima deysan? — deb Korovyov Begemotga o‘girildi. — Garov o‘ynayman, bo‘lmagan, — deb javob qildi Begemot, primusini stolga, qalin daftar yoniga ko‘yib, qorakuya tekkan peshonasining terini kafti bilan artarkan. — Siz Dostoevskiy emassiz, — dedi dovdirab qolgan ayol. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling