Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
214 — E, kim bilsin, kim bilsin, — dedi Korovyov. — Dostoevskiy o‘lgan, — dedi ayol qandaydir qat’iyatsizlik bilan. — E’tiroz bildiraman! — ded Begemot qizg‘in ohangda. — Dostoevskiy boqiy! — Guvohnomangizni ko‘rsating, grajdanlar, — dedi ayol. — Kechirasiz, axir bu maynabozchilik-ku, — deb bo‘sh kelmasdi Korovyov, — yozuvchiligi aslo guvohnoma bilan emas, balki asar yozishi bilan ifodalanadi! Mening boshimda qanday teran fikr g‘ujg‘on o‘ynayotganini siz qayoqdan bilasiz? Yoki manavi kallada nimalar borligini ayta olasizmi? — deb u Begemotning kallasini ko‘rsatgan edi, u ham, ayol yaqinroq ko‘rib olsin, degan maqsadda darhol boshidan kepkasini oldi. — Yo‘l bering, grajdanlar, — dedi ayol endi asabiylashib. Korovyov bilan Begemot o‘zlarini chetga olib,tezlik oq ko‘ylak kiyib, yoqasini kul rang kostyumining yoqasi ustiga chiqargan, shu bois galstuk bog‘lanmagan, qo‘ltig‘iga gazeta qistirgan bir yozuvchini o‘tkazib yuborishdi. Yozuvchi ayol bilan bosh irg‘ab salomlashdi, yo‘l-yo‘lakay ayol ochib qo‘ygan qalin daftarga aji-buji qilib imzo chekdi-da, rovon tomon yo‘l oldi. — Afsus, ming afsus, — dedi Korovyov qayg‘uli ohangda, — biz bechora darbadarlar orzu qilgan muzdakkina pivo to‘ldirilgan bordoq bizga emas, unga nasib qiladigan buldi, ahvolimiz g‘oyat ayanchli va mushkul, nima qilishgayam hayron bo‘lib qoldim. Begemot «nachora» degandek qo‘llarini yoydi, mushukning yungini eslatuvchi qalin soch o‘sgan dumaloq boshiga kepkasini kiydi. Xuddi shu mahal ayolning boshi uzra kimningdir amirona ovozi yangradi: — O‘tkazib yuboring bularni, Sofya Pavlovna. Ayol hayratga keldi: yam-yashil chirmoviqgulga burkangan eshik ostonasida restoran direktorining frak kiygan oppoq ko‘kragi va cho‘qqisoqoli ko‘rindi. U shubhali ikki chuvrindiga nazokat bilan tikildi, boz ustiga, hatto ularni lutfan ichkariga taklif ham qildi. Restoranda Archibald Archibaldovichning obro‘si juda baland edi, shu bois Sofya Pavlovna itoatkorlik bilan bo‘ysunib, Korovyovdan so‘radi: — Familiyangiz nima? — Panaev, — nazokat bilan javob qildi u. Ayol bu familiyani daftarga yozib bo‘lib, Begemotga savol ma’nosida tikildi. — Skabichevskiy, — deb chiyilladi u negadir qo‘li bilan primusini ko‘rsatib. Sofya Pavlovna bu familiyani ham yozib, daftarni imzo chekish uchun ikki mushtariy oldiga surib qo‘ydi. Korovyov «Panaev» familiyasi qarshisiga «Skabichevskiy» deb, Begemot esa «Skabichevskiy» familiyasi ro‘parasiga «Panaev» deb imzo chekishdi. Archibald Archibaldovich o‘z raftori bilan Sofya Pavlovnani tamomila hayratga solib, jozibali tabassum qilgancha, mehmonlarni rovonning narigi chekkasidagi eng yaxshi stol tomon boshlab ketdi... Hangu mang bo‘lib qolgan Sofya Pavlovna ko‘zlarini «pir-pir» uchirib, uzoq vaqt kutilmagan mushtariylar chekkan imzolarga tikilib o‘tirdi. Archibald Archibaldovich ofitsiantlarni Sofya Pavlovnadan ham ko‘proq taajjubda qoddirdi. U shaxsan o‘zi stul surib, Korovyovni o‘tirishga taklif qildi, bir ofitsiantga ko‘z qisib, ikkinchisining qulog‘iga nimadir shivirladi, shundan keyin ular ikkovi yangi mehmonlar atrofida parvona bo‘la boshladilar (bu payt mehmonlardan biri o‘zining rangi o‘chib sarg‘ayib ketgan botinka kiygan oyog‘i tagiga primusini qo‘ydi). Stol ustidagi hammayog‘i dog‘-dug‘ dasturxon ko‘z ochib-yumguncha g‘oyib bo‘lib, o‘rniga badaviylarning yaktagi kabi oppoq, nishastalangan dasturxon havoda shitirlab yozildi, bu asnoda Archibald Archibaldovich Korovyovning qulog‘iga engashib juda ma’nodor ohangda ohista pichirlardi. — Qanday taomni ixtiyor qiladilar? Qizil paliqning maxsus tayyorlangan sarpanjasi bor... arxitektorlar s’ezdidan undirdim... — Siz... e... bizga, umuman yegulik bir nima bering... e... — muruvvat qilayotganday g‘o‘ldiradi Korovyov stulga suyanarkan. — Tushundim, — deb ko‘zini yumib ochdi Archibald Lrchibaldovich, ma’nodor javob qilarkan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling