Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
216
edi. Holbuki, Archibald Archibaldovichning xatti-harakatlari shu topgacha bo‘lgan voqealarga 
mantiqan chambarchas bog‘liq edi. Griboedov restoranining boshlig‘i so‘nggi kunlarda yuz bergan 
hodisalardan o‘zining noqifligi bilan, alalxusus, beqiyos sezgirligi bilan, ikki mushtariyga berilastgan 
to‘kin-sochin va serdabdaba ziyofatning nihoyatda qisqa bo‘lajagini fahmlagan edi. Uning nodir 
sezgirligi bu gal ham pand bermadi. 
Korovyov bilan Begemot ikki qaytalab tozalangan, xushyutum muzdek Moskva arag‘i to‘ldirilgan 
ryumkalarini ikkinchi marta cho‘qishtirishgan paytda, o‘zining bilarmonligi bilan bugun Moskvaga 
tanilgan xronikachi muxbir Boba Kandalupskiy qora terga botib, hayajonlanib restoran rovoniga kirib 
keldi va to‘g‘ri borib Petrakovlar stoli yoniga o‘tirdi. So‘ng qappaygan portfelini stolchaga qo‘ydi-yu, 
cho‘chchaygan labini Petrakovning qulog‘i ichiga tiqqudek yaqin olib borib, qandaydir juda antiqa 
narsalarni pichirlay boshladi. Sinchkovlik dardiga dosh bera olmagan Petrakova xonim Bobaning 
do‘rdoq va moy surtilgandek yaltiroq lablariga o‘z qulog‘ini ham tutdi. Boba esa goh-goh atrofga 
o‘g‘rincha nazar tashlab, labi labiga tegmay hamon pichirlab yotardiki, uning uzupdan-uzoq pichir-
pichiridan ayrim so‘zlarnigina ilg‘ab olish mumkin edi. Chunonchi: 
— Ont ichib aytaman! Sadovayada, Sadovaya ko‘chasida, — deb Boba ovozini yana ham pastlatdi. 
— O‘q kor qilmasmish! O‘qlar... viz-viz... benzin, yong‘in... otishma... 
— Qayoqdagi betuturiq mish-mishlarni tarqatib yurgan mana shunaqa yolg‘onchilarni, — dedi 
baralla do‘rillagap ovoz bilan darg‘azab Petrakova xonim, — mana shunaqalarni tanobini tortib 
qo‘yishsa yaxshi bo‘lardi! Hechqisi yo‘q, ularni fosh qilishadi hali, albatta tartibga chaqirib qo‘yishadi! 
Hammasi zararli uydirma! 
— Nimasi uydirma, Antonida Porfirevna! — dedi yozuvchi xotinining bu gapidan ranjigan Boba va 
yana pichirlashda davom etdi: — Aytyapman-ku sizga, o‘q olmayapti... Endi, buning ustiga, yong‘in... 
Ular osmonda... osmonga uchib ketishipti, — Boba ilonday vishillab pichirlarkan, uning hikoyasi 
qahramonlari shu yerda, yonginasida gaplarini huzur qilib tinglab o‘tirishganidan g‘ofil edi, albatta. 
Lekii mushtariylarning huzur-halovati tezda tugadi. Restoranga ochiladigan eshikdan oyoqlariga charm 
qo‘nj kiygan, bellarini kamar bilan qattiq siqib bog‘lagan uch nafar erkak qo‘llarida revolver bilan 
rovonga o‘qday otilib chiqdi. Oldindagi erkak baland ovoz bilan qo‘rqinchli ohangda qichqirdi: 
— Joylaringdan qimirlama! — Shu gapdan keyin birdan uchala erkak Korovyov bilan Begemotning 
boshini mo‘ljalga olib o‘q ota boshlashdi. O‘qqa tutilganlar shu zahoti havoda erib, ko‘zdan g‘oyib 
bo‘lishdi, primusdan esa «pov» etib o‘t chiqib, to‘g‘ri chodirga urildi. Chodirda qora tuynuk paydo 
bo‘lib, uning gir aylanasi kuyib tobora kengaya boshladi. Alanga shu tuynuk orqali osmonga otilib, 
Griboedov uyining tomigacha yetdi. Ikkinchi qavatdagi redaktsiya xonasining derazasiga taxlab 
qo‘yilgan papkalardagi qo‘lyozmalarni birdan o‘t oldi, so‘ng olov darpardani yamlay boshladi, ana 
shunda alanga, xuddi kimdir uni azza-bazza puflayotganday, gurillab Griboedov xolasining uyi ichiga 
o‘qday otildi. 
Yana bir necha soniyadan so‘ng xiyobondagi cho‘yan panjara devor sari olib boruvchi asfalt 
yo‘lkadan (esingizda bo‘lsa, kitobxon, chorshanba kuni kechqurun yuz bergan baxtsizlikning birinchi 
darakchisi Ivanushka shu yo‘ldan kelgan, ammo unga hech kim quloq solmagan edi) chala ovqatlangan 
yozuvchilar, ofitsiant-lar, Sofya Pavlona, Boba, Petrakova, Petrakov chopib o‘ta boshladilar. 
Ko‘chaga yon eshikdan oldinroq chiqib olgan Archi-bald Archibaldovich shoyi astarli yozlik 
paltosida ikki qo‘ltig‘iga g‘o‘lasimon ikkita ulkan qizil baliq qistirib olgancha, xuddi yonayotgan 
kemasini hammadan keyin tark etmoqchi bo‘lgan kapitandek, hech qayoqqa qochmay, hech yoqqa 
shoshmay, bamaylixotir turardi. 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling