Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
Yigirma to‘qqizinchi bob
USTA BILAN MARGARITANING QISMATI ANIQ Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) www.ziyouz.com kutubxonasi 217 Moskvadagi, bundan taxminan yuz ellik yil burun qurilgan eng chiroyli binoning tomidagi tosh supada, juda balandda, quyosh botayotgan kechki payt ikki kim-sa: Voland bilan Azazello hozir bo‘ldi. Ular ko‘chada-gi odamlarga ko‘rinmasdilar: chunki ularni ganchdan yasalgan vazalar va gullar bilan bezatilgan panjara begona ko‘zlardan to‘sib turardi. Lekin o‘zlari shaharning eng chekka yerlarigacha bahuzur kuzatardilar. Voland har safargiday qora jubbasini kiyib, yig‘ma kursida o‘tirardi. Uning uzun, dami qalin shamshiri ayvon sahniga yotqizilgan yassi toshning darziga tikka sanchilgan ediki, bundan quyosh soati hosil bo‘lgan edi. Shamshirning soyasi shayton oyog‘idagi qora tufli tomon ohista va to‘xtovsiz o‘rmalab cho‘zilib borardi. Voland o‘tkir iyagini mushtiga tirab, bir oyog‘ini tagiga bosib kursida bukchayib o‘tirarkan, to ufqqa yetguncha yoyilgan behisob qasr va saroylar, mahobatli imoratlar va buzilishga mahkum kulbalardan ko‘zini uzmasdi. O‘zining zamopaviy libosini, ya’ni kamzuli, shlya- pa-kotelogi, loklangan tuflisini tark etib, endi xuddi Volanddek qora kiyinib olgan Azazello o‘z xukmdoridan sal narirokda dong qotib turarkan, u ham shahar manzarasidan ko‘z uzmasdi. Voland gap boshladi: — G‘oyat antiqa shahar, shunday emasmi? Azazello bir qimirlab qo‘yib, ehtirom bilan ja- vob qaytardi. — Messir, menga ko‘proq Rim yoqadi! — Ha, bu didga bog‘liq, — javob qildi Voland. Bir oz vaqtdan keyin yana uning ovozi eshitildi: — Huv anavi xiyobonda nega tutun borqsiyapti? — Griboedov yonyapti, — javob qiddi Azazello. — Bu, nazarimda, ikki qadrdonning — Korovyov bilan Begemotnipg ishi bo‘lsa kerak? — Shak-shubhasiz, messir. Yana sukut cho‘kdi, bu payt g‘arb tomonga qaragan uy-larning yuqori qavatlaridagi derazalar quyoshning ko‘zni qamashtiruvchi shu’lasini o‘zida aks etdira boshladilar. Volandning ko‘zi ham, garchi u kunbotar tomonga orqa o‘girib o‘tirgan bo‘lsa-da, o‘sha uylarning derazalari kabi porlardi. Lekin shu payt nimadir Volandni shahardan yuz o‘girib, o‘z orqasida, tomga qo‘ndirilgan doirasimon minoraga qarashga majbur etdi. Minora devori ichidan chuvrindi kiyim-boshiga loy sachragan, oyog‘iga odmi shippak kiygan, noxush qiyofali bir qorasoqol odam chiqib keddi. — Ie! — xitob qildi Voland bu odamga istehzo bilan qararkan, — aynan sening bu yerga kelishingni mutlaqo kutmagan edim! Xo‘sh, qanday xizmat bilan kelding, o chaqirilmagan, ammo kelishi taxminlangan mehmon? — Sening huzuringga keldim, yovuzlik sultoni, arvohlar hukmdori, — deb javob qildi devordan chiqqan odam Volandga qovoq ostidan ho‘mrayib qararkan. — Baski, huzurimga kelgan ekansan, nechun menga salom bermading, ey sobiq o‘lpon yig‘uvchi? — dedi Voland qahr bilan. — Negaki men sening salomat bo‘lishingni istamayman, — deb javob qildi kelgan odam gustohlik bilan. — Lekin mening barhayotligimga ko‘nikishingga to‘g‘ri keladi, — deb e’tiroz bildirdi Voland va og‘zini qiyshaytirib istehzo qiddi, — sen bu tomda paydo bo‘lgan zahoting bema’ni ish qilding, bu bema’niliging, men senga aytsam, gapirish ohangingda. Sen so‘zlarni shunday talaffuz qildingki, go‘yo arvohlarni (ya’ni ko‘lankalarni), shuningdek, yovuzlikni ham e’tirof etmayman demoqchi bo‘lding. Sen, bir iltifot qilib, mana shu savol ustida bosh qotirib ko‘rsang: agar yovuzlik bo‘lmasa, sen homiysi bo‘lgan o‘sha ezgulik nima bilan shug‘ullangan bo‘lardi, agar jamiki ko‘lankalar g‘oyib bo‘lsa, yer yuzi qanday qiyofa kasb etgan bo‘lur edi? Axir buyumlar va odamzod bor ekanki, ko‘lankalar mavjud. Mana shamshirimning ko‘lankasi. Lekin dov-daraxtning ham, barcha jonzodlarning ham ko‘lankasi bo‘ladi. Yo sen o‘zingning yolg‘iz siz bilan zavqlanaman degan xomxayoling tufayli yer yuzini qirtishlab, barcha dov-daraxtni, butun jonzodlarni yo‘q qilmoqchimisan? Sen tentaksan. — Sen bilan mubohasa qilishni istamayman, qari safsataboz, — deb javob qildi Leviy Matvey (bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling