Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
225 — Ko‘ngling to‘q bo‘lsin! Endi men hech nimani hech qachon unutmayman, — javob qildi u. — Unda o‘t qo‘yamiz! — deb chinqirdi Azazello, — hamma narsa yong‘indan boshlangan edi, endi yong‘in bilan xotima yasaymiz. — Yonsin! — deb mudhishona chinqirdi Margarita. Podval darchasi «qars» etib ochilib, shamol darpardani chetga surdi. Samodan qisqa va quvnoq gulduros eshitildi. Azazello changaksimon panjasini pechkaga tiqib, tutab turgan bir kosovni oldi-da, stol yoyilgan dasturxonni yondirib yubordi. Keyin uni divanda yotgan bir dasta eski gazetalarga tutdi, undan keyin qo‘lyozmani va darpardani yoqdi. Bu mahal, chavapdozlik qilajagidan ruhlangan usta, tokchadan qaysiyam bir kitobni olib, uning varaqlarini yoyib yonayotgan dasturxon ustiga otdi, kitob zumda «pov» etib yona boshladi. — Yon, kuyib kul bo‘l, o‘tmish hayot! — Yoning, iztiroblar! — chinqirdi Margarita. Qirmizi alanga butun xonapi o‘z og‘ushiga oldi, shunda uchovlari xonadan tutunga qo‘shilib chiqishib, g‘ishtin zinadan mo‘‘jazgina hovliga ko‘tarilishdi. Bu yerda dastavval ular uy sohibinikida oshpazlik qiluvchi ayolning yerda o‘tirganini ko‘rishdi, uning atrofida bir talay kartoshka va bir necha bosh piyoz sochilib yotardi. Oshpaz ayolning bu ahvoli tushunarli edi. O‘tinxona oldida uchta qora ot tuyoqlari bilan yer kavlab, badanlari seskanib, pishqirib turardi. Margarita otga birinchi bo‘lib mindi, undan keyin Azazello, eng oxirida usta mindi. Oshpaz ayol bir ingradi-yu, cho‘qinish maqsadida qo‘lini ko‘tarmoqchi bo‘lgan edi, lekin Azazello egarda o‘tirgan yerida unga dag‘dag‘a qiddi: — Naq qo‘lingni kesib tashlayman! — U hushtak chaldi, shunda otlar jo‘ka navdalarini sindirib ko‘kka parvoz qilishdi va pastlab uchayotgan qora bulutni yorib o‘tib ketishdi. Xuddi shu payt podval darchasidan tutun burqsib chiqa boshladi. Pastdan oshpaz xotinning zaifona, ayanchli chinqirig‘i eshitildi: — O‘t ketdi!.. Endi otlar Moskva tomlari uzra uchib borardilar. — Shahar bilan vidolashishni istayman, — deb qichqirdi usta oldinda borayotgan Azazelloga. Momaqaldiroq uning qolgan gapini yutib yubordi. Azazello. «mayli» degandek bosh irg‘adi va otiii uchirib ketdi. Shiddat bilan borayotgan suvorilar sari vujudi yomg‘irga to‘la ulkan bir bulut uchib kelardi. Sayyohlar xiyobon uzra uchib borisharkan, mitti odamlarning endi tomchilay boshlagan yomg‘irdan o‘zlarini panaga olish uchun har tomonga tumtaraqay qochishayotganini ko‘rdilar. Suvorilar tutun buruqsaetgan bir yerdan uchib o‘tdilar. — Griboedovdan qolgani shu edi. Suvorilar zulmat og‘ushiga cho‘kayotgan shahar uzra uchdilar. Ulardan tepada tinmay yashin chaqnardi. Nihoyat, shahar tomlari tugab, pastda yam-yashil dalalar paydo bo‘ldi. Shundagina yomg‘ir sharros quyib yuborib, uchta chavandozni uchta ulkan pufakka aylantirdi. Parvoz hissiyoti Margaritaga tanish bo‘lsa ham, usta bu tuyg‘udan g‘ofil edi, shunga ko‘ra, ko‘zlagan manziliga bir zumda yetib borgani uni hayron qoldirdi. Bu yerda u bir odam bilan vidolashmoqchi edi — uning vidolashadigan boshqa hech kimi ham yo‘q edi. Sharros quyayotgan yomg‘ir pardasi orqali u Stravinskiy shifoxonasi binosini ham, daryoni ham, daryoning narigi sohilidagi juda yaxshi tanish bo‘lib qolgan o‘rmonni ham darrov tanidi. Ular shifoxona yaqinidagi sayhonlikka qo‘nishdi. — Sizlarni shu yerda kutib turaman, — deb qichqirdi Azazello qo‘llarini karnay qilib; u dam yashil shu’lasida ko‘rinib, dam zulmat qo‘ygina g‘arq bo‘lardi, — tezroq vidolasha qoling. Usta bilan Margarita egardan sakrab tushishib, xuddi suyuq sharpalardek lip-lip ko‘rinib shifoxoia bog‘idan uchib o‘tdilar. Yana bir zumdan keyin usta 117-xonaning' balkonidagi, o‘ziga juda tanish bo‘lib qolgan papjarani surib ichkari kirdi. Margarita unga ergashdi. Ular Ivanushkaning oldiga momaqaldiroq gumburlayotgan paytda ko‘rinmay va sezdirmay kirishdi. Usta karavot yonida to‘xtadi. Ivanushka bu oromgohga kelgan birinchi kuni momaqaldiroqni qanday kuzatib yotgan bo‘lsa, hozir ham shu tarzda qimir etmay yotardi. Lekin hozir avvalgi safardagidek yig‘lamas edi. Nihoyat, u |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling