Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
226 balkondan kirib kelgan qora sharpaga sinchiklab tikildi va yostikdan boshini ko‘tarib, unga qo‘llarini uzatdi-da, shodlanib dedi: — Ie, sizmisiz? Men bo‘lsam qachondan beri kutib yotibman. Kelganingiz yaxshi bo‘ldi, qo‘shnijon. — Ha, shu yerdaman! — dedi unga javoban usta. — Lekin, taassufki, sizga ortiq qo‘shni bo‘la olmayman. Men butunlay uchib ketyapman, siz bilan vidolashgani keldim. — Men buni bilardim, sezgan edim, — ohistagina dedi Ivan va so‘radi: — Siz uni uchratdingizmi? — Ha, — dedi usta, — shuning uchun ham siz bilap vidolashgani keldimki, keyingi paytda faqat siz mening yagona suhbatdoshim edingiz. Ivanushkaning ko‘ngli yorishib dedi: — Xonamga uchib kirganingiz yaxshi bo‘ldi. Men albatta so‘zimning ustidan chiqaman, endi hech qachon she’r yozmayman. Meni endi boshqa narsa qiziqtirib qoldi, — Ivanushka jilmayib, telba ko‘zlarini qayoqlargadir tikdi, — boshqa narsa yozmoqchiman. Bilasizmi, bu yerda yotganimda ancha- muncha narsaga tushundim. Usta bu so‘zlarni eshitib hayajonlandi va Ivanushkaning to‘shagiga omonatgina o‘tirib gap boshladi: — Bu gapingiz yaxshi, juda yaxshi. Demak, uning to‘g‘risidagi asarning davomini yozasiz! Ivanushkaning ko‘zlari chaqnab ketdi. — Nima, o‘zingiz yozmaysizmii? — shunday deb u boshini xam qildi va o‘ychanlik bilan ilova qildi: — Ha-ya... nimaga buni so‘radim, — Ivanushka ko‘z qiri bilan qo‘rqa-pisa yerga qaradi. — Ha, — dedi usta, uning bo‘g‘iq ovozini Ivaiushka taiimadi, — uning to‘g‘risida boshqa yozmayman endi. Men boshqa ish bilan mashg‘ul bo‘laman. Uzokdan eshitilgan hushtak momaqaldiroq gumburini bosib ketdi. — Eshityapsizmi? — so‘radi usta. — Momaqaldiroq gumburlayapti... — Yo‘q, meii chorlashmoqda — ketadigan payt bo‘ldi, — deb izohladi usta va o‘rnidan turdi. — To‘xtang! Yana bir og‘iz so‘z, — dedi Ivan, — siz o‘sha ma’shuqangizni topdingizmi? Sizga vafodorligicha qoliptimi u? — Mana u, — deb javob qildi usta va devorga ishora qildi. Qora kiygan Margarita oppoq devordan ajralib, bemorning tepasiga yaqinlashdi. U karavotda yotgan yigitga mahzun ko‘zlarini tikdi. — Sho‘rlik yigit, — deb tovushsiz pichirladi Margarita va bemor ustiga engashdi. — Judayam go‘zal ekan, — dedi Ivan behasad, ammo bir oz hasrat va qandaydir ayanch bilan, — ana ko‘rdingizmi, hamma armoningiz ushalipti. Ammo menda unday bo‘lmadi, — shunday deb u o‘ylanib qoldi va o‘ychanlik bilan ilova qildi: — Balkim shunday bo‘lgani ma’quldir... — Ha, ha, — deb pichirladi Margarita bemor ustiga yana ham pastroq engasharkan, — mana, hozir men peshonangizdan o‘paman-u, keyin hamma narsa ko‘nglingiz tusagandek bo‘ladi... gapimga ishonavering, bularning hammasini o‘z boshimdan kechirganman, hammasidan voqifman. Karavotda yotgan yigit Margaritaning bo‘ynidan quchdi, shunda Margarita uni o‘pib oldi. — Alvido, shogirdim, — dedi usta eshitilar-eshitilmas va havoda eriy boshladi. U, u bilan birga Margarita ham g‘oyib bo‘lishdi. Balkon panjarasi yopildi. Ivanushka bezovtalana boshladi. U o‘rnidan turib o‘tirdi, atrofiga olazarak bo‘lib qarab, hatto ingrab ham qo‘ydi, o‘zicha bir nimalarni g‘o‘ldirab o‘rnidan turdi. Momaqaldiroq tobora zo‘raya borardi, chamasi uning qalbiga g‘uluv solgan narsa ham shu momaqaldiroq bo‘lsa kerak. Ivanni bezovta qilgan yana bir narsa shu bo‘ldiki, uning shifoxona yo‘lagidagi doimiy sokinlikka ko‘nikib qolgan qulog‘iga hozir eshik orqasidan bezovta oyoq tovushlari, g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozlar eshitilgan edi. — Praskovya Fyodorovna! — deb chaqirdi u asabiylashib va titrab-qaqshab. Shu zahotiyoq xonaga kirib kelgan Praskovya Fyodorovna Ivanushkaga savol ma’nosida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling