www.ziyouz.com kutubxonasi
227
hayajonlanib tikildi.
— Xo‘sh? Nima bo‘ldi? — deb so‘radi u, — momaqaldiroq bezovta qilyaptimi? Tinchlaning,
hechqisi yo‘q... Hozir yordam ko‘rsatishadi sizga. Men doktorni chaqiraman.
— Yo‘q, Pravskovya Fyodorovna, doktorni chaqir-ang, — dedi Ivanushka, Praskovya
Fyodorovnaga emas, devorga hayajon bilan tikilarkan, — menga hech nima bo‘lgani yo‘q. Men o‘z
ahvolimga tushunadigan bo‘lib qolganman, siz ko‘rqmang. Yaxshisi, ayting-chi, — deb dilkashlik
bilan so‘radi Ivan, — yonimdagi yuz o‘n sakkizinchi xonada hozir nima bo‘ldi?
— Yuz o‘n sakkizinchidami? — deb so‘radi Praskovya Fyodorovna va bezovta ko‘zlarini undan
olib qocha boshladi, — hech nima bo‘lgani yo‘q. — Lekin ayolning ovozida dudmollik sezilib turardi,
buni darhol sezgan Ivanushka dedi:
— Qo‘ying, Praskovya Fyodorovna! Siz axir to‘g‘riso‘z odamsiz-ku... Nima, meni to‘polon qiladi
deb o‘ylayapsizmi? Yo‘q, Praskovya Fyodorovna, ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. Siz gapning rostini
aytavering. Men, baribir devor orqali his qilyapman.
— Qo‘shningiz qazo qildi hozir, — deb pichirladi Praskovya Fyodorovna o‘zining hamgo‘yligi va
oqko‘ngilligini tiyishga qurbi yetmay, aytishga aytdi-yu, yuragi taka-puka bo‘lib Ivanushkaga yalt etib
qaradi, shunda Praskovya Fyodorovna yashin shu’lasidan bir zumga libos kiydi. Lekin Ivanushkaga
hech narsa bo‘lmadi. U faqat barmog‘ini ma’nodor ko‘tarib shunday dedi:
— O‘zimam biluvdim! Sizni ishontirib aytamanki, Praskovya Fyodorovna, hozir shaharda yana bir
inson olamdan o‘tdi. Men hatto uning kimligini ham bilaman, — shunday deb Ivanushka xufiyona
jilmayib qo‘ydi, — u ayol kishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |