www.ziyouz.com kutubxonasi
229
dadil qaradi. Ana shunda Volandning dahshatli ovozi tepalik uzra xuddi Isrofilning suri' yanglig‘
baralla yangradi:
— Vaqt bo‘ldi! — shundan keyin Begemotning o‘tkir hushtagiyu xandon tashlab kulgani eshitildi.
Otlar olg‘a otildilar va suvorilar samoga parvoz qilib shamoldek uchib ketdilar. Margarita mingan
asov ot hadeb suvlug‘ini kemirib, jilovni tortqilardi. Volandning ridosi shamolda yoyilib zulmatga
burkanayotgan osmon gumbazi ostida hamma suvorilarga soyabon bo‘ldi. Qora soyabon bir lahzagina
yelpinib, fazo beti ochilgan payt Margarita otini uchirib keta turib orqasiga o‘girildi, o‘girildi-yu, endi
nainki rango-rang minoralar va ular tepasida charx urib uchib yurgan aeroplan, balki shaharning o‘zi
ham allaqachon g‘oyib bo‘lganini ko‘rdi, shahar o‘rnida faqat tuman qolgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |