Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
O‘ttiz ikkinchi bob GUNOHDAN O‘TISh VA MANGU MAKON O, tangrilar, tangrilarim mening! Oqshom chog‘ida zamin naqadar g‘amgin! Botqoqlar uzra qalqqan tuman g‘oyat sirli. Buni o‘sha mash’um tumanlarda adashgan, o‘limi oldidan ko‘p uqubatlarni boshidan kechirgan, ushbu zamin uzra nihoyatda og‘ir yuk bilan parvoz qilgan odamlargina biladi, Buni yashashdan horigan odam biladi. Shu bois u zamin tumaniniyu uning botqoq va daryolarini aslo afsuslanmay tark etadi hamda o‘zini ajal qo‘liga xotirjamlik bilan topshiradi, chunki u shu ajalgina unga taskin berishini tushunadi. Sehrli qora otlar ham yuguraverib horishdi, endi ular bazo‘r lo‘killab borardilar, zulmati haq suvorilar ortidan quvib kelib qolgan edi. Hattoki tinib-tinchimas Begemot ham orqasidan quvib kelayotgan qorong‘i tunni his qilib, gung bo‘lib qoldi; u o‘tkir tirnoqlarini egarga botirib, dumini shamodda hilpiratgancha jiddiy qiyofada sukut saqlab uchib borardi. Tun o‘rmonu o‘tloqlar ustiga qora ro‘mol yoparkan, olis-olislarda, pastda ma’yus va xira chiroklarni — Margaritaga ham, ustaga ham endi qizig‘i qolmagan, nokerak va begona chiroqlarni yoqa boshladi. Mana, tun suvorilardan ham o‘zib o‘tdi va ular ustiga zulmat elab, shumshuk samoning goh u, goh bu yeriga yulduzlar otib, oq dog‘lar hosil qila boshladi. Tun tobora quyuqlashar, suvorilar bilan yonma-yon parvoz qilib, ularning ridolarini yelkalaridan yechib olar, soxtaliklarini fosh qilardi. Shu payt ishshi salqin shabbodaga tutib borayotgan Margarita kuzlarini ochib, o‘z manzili sari uchib borayotgan bu suvorilarning qiyofalari o‘zgara boshlaganini ko‘rdi. Osmon ortidan qirmizi to‘linoy suvorilarga peshvoz ko‘tarila boshlaganda esa barcha firiblar barbod po‘ldi, muvaqqat jodugarlik liboslari botqoqlikka tushib, tuman ichida g‘arq bo‘ldi. Hozir Margaritaning o‘ng qo‘lida, Voland bilan kiftma-kift uchayotgan maxluqqa qarab, uning aslida tarjimonga muhtoj ham bo‘lmagan sirli konsultantning tarjimoni soxta Korovyov-Fagot ekanligiga xech ishonib bo‘lmas edi. Juldur tsirk kiyimida Chumchuk, tepani tark etgan Korovyov- Fagot o‘rnida endi to‘q binafsha rang sovut kiygan, chehrasi hamisha gumshaygan mahzun ritsar otning oltin zanjirdan jalgan jilovini ohista shiqillatib yelib borardi. U iyagini ko‘ksiga tirab olgan, oyga ham qiyo boqmay, poyidagi zaminga ham parvo qilmay, o‘zicha qandaydir xayollarga g‘arq bo‘lib, uchib borardi. — Voy, nega bunchalik o‘zgarib ketdi u? — deb ohista so‘radi Margarita shamolning g‘uvillashiga jo‘r bo‘lib. — Bu ritsar bir vaqtlar o‘rinsiz hazil qilib ko‘ygan edi, — deb javob qildi Voland yuzini Margaritaga o‘girib — uning bir ko‘zi ohista yonardi, — uning ziyo va zulmat to‘g‘risida gapirib turib, to‘qigan tajnisi 29 uncha yaxshi chiqmagan edi. Shundan so‘ng u mo‘ljalidan ortiqroq va uzoqroq hazil qilishga majbur bo‘lgan. Lekin bugungi tun ayni hisob-kitob tuni. Ritsar ham orani ochdi qilib, hisobni 29 Tajnis — so‘z o‘yini. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling