Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
236 illat bilan avvalgi ishda ishlab bo‘lmas edi, shunga ko‘ra u iste’foga chiqib, o‘z jamg‘argan puliga kamtarona kun kechira boshladi: gaxmipicha, bu puli o‘n besh yilga yetishi kerak edi. Varenuxaga kelsak, u barcha teatr ma’murlari orasida ham o‘zining benihoya hozirjavobligi va seriltifotligi bilan ko‘pchilik teatr shaydolarining mehrini qozongan edi. Masalan, kontramarka so‘rab keladiganlar uni faqat valine’matim deb chaqirardilar. Varetega kim qay mahal telefon qilmasin, hamisha trubkadan: «Qulog‘im sizda», — degan muloyim va hazin ovozni eshitardi. Varenuxani chaqirib bersangiz, deb iltimos qilinadigan bo‘lsa, yana o‘sha ovoz shosha-pisha: «Xizmatingizga tayerman», — deb javob qilardi. Lekin Ivan Savelevich o‘zining bu xushmuomalaligidai ko‘p azob chekardiyam. Styopa Lixodeevga ham endi Vareteda o‘tirib telefon qilish nasib bo‘lmaydi. Uni, sakkiz kun shifoxoada yotib chiqqanidan so‘ng, darhol Rostovga jo‘natishdi, u yerda unga katta bir gastronomning mudiri lavozimini berishdi. Ovozalarga qaraganda, u portveyn ichishni tashlab, hozir faqat qarag‘ay gul-kurtagi solinga araq icharmish, buning natijasida, juda sog‘lom bo‘lib ketganmish. Yana u qizlardan o‘zini olib qochadigan va kamgap bo‘lib qolipti. Stepan Bogdapovichning Varetedan olinishi garchi Rimskiyning ko‘p yillik shirin orzusi bo‘lsa ham, endi, bu hol yuz berganida, u quvona olmadi. Judayam munkillab chol bo‘lib qolgan, kallasi sarak-sarak qiluvchi bu moliya direktori shifoxonadan chiqib, Kislovodskda dam oldi, u yerdan qaytib kelishi hamono Varetedan bo‘shash haqida ariza berdi. Qizig‘i shundaki, arizasini Varetega uning xotini olib keldi. Grigoriy Danilovichning esa oy shu’lasiga g‘arq bo‘lgan, bir ko‘zi darz deraza darchasidan xuddi rezinkaday cho‘zilib uning pastki ilgagini ochmoqchi bo‘lgan o‘lik qo‘lni ko‘rgan o‘sha binoga endi hatto kunduz kuni ham qadam qo‘yishga yuragi betlamas edi. Rimskiy Varetedan bo‘shagach, Zamoskvorechedagi bolalar qo‘g‘irchoq teatriga ishga kirdi. Bu teatrda endi unga akustika masalasida muhtaram Arkadiy Apollonovich Sempleyarov bilan uchrashish nasib bo‘lmadi. Chunki uni hash-pash deguncha Bryanskka ko‘chirishib, qo‘ziqorin tayyorlash punktiga mudir etib tayinlashgan edi. Mana, endi moskvaliklar har xil navdagi tuzlangan, sirkalangan qo‘ziqorinlarni mazza qilib iste’mol qilisharkan, bu ko‘chirishdan benihoya mamnun bo‘lmoqdalar. O‘tgan ishga salavot-u, lekin ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, Arkadiy Apollonovichning akustika bobidagi faoliyatida hech ishi o‘ngidan kelmagan, uni yaxshilash uchun qilgan barcha xatti-haratlari zoe ketgan edi. Teatr bilan aloqani uzganlar safiga Arkadiy Apollonovichdan tashqari yana Nikonor Ivanovich Bosoyni ham kiritish mumkin, vaholanki, garchi u, tekin biletga ishqivoz bo‘lsa ham, teatrga aslo daxddorligi yo‘q edi. Hozir Nikonor Ivanovich nainki bironta teatrga (xoh u pulli bo‘lsin, xoh tekin) boradi, hattoki hamsuhbatlar davrasida teatr mavzuida gap ochilgudek bo‘lsa, rangi quv o‘chib ketadigan bo‘lib qolgan. U nafaqat teatrni, shuningdek shoir Pushkinni va iste’dodli artist Savva Potapovich Kurolesovni ham jinidan ortiq yomon ko‘rib qolgan edi. Ayniqsa, Kurolesovni shunchalik yomon ko‘rardiki, o‘tgan yili gazetada, uning iste’dodi ayni kamolga yetgan chog‘da dunyodan ko‘z yumgani haqidagi ta’ziyanomani qora ramka ichida o‘qib qolib, Nikolay Ivanovich cho‘g‘dek qizarib ketgan va sal bo‘lmasa o‘zi ham o‘sha Savva Potapovich orqasidan yo‘rg‘a chiqarayozgan edi, keyin u: «Ajab bo‘pti!» — deb baqirib yuborgandi. Bu ham kifoya qilmay, Nikonor Ivanovich o‘sha kuni kechqurun Sadovaya ko‘chasiga yog‘du sochayotgan to‘linoy bilan bir o‘zi ulfatchilik qilib, esidan og‘gungacha ichib g‘irt mast bo‘lgandi, zero taniqli artistning o‘limi qator noxush hodisalarni eslatgan edi unga. Nikonor Iva-novich har qadah ko‘targan sari, o‘zi mushohada qilgan odamlar safi uzaya bordiki, bu mal’un qiyofalar safida Gerardovich Dunchil ham, go‘zal Ida Gerkulanovna ham, urishqoq g‘ozlar egasi mallasoch odam ham, sofdil Nikolay Kanavkin ham bor edi. Xo‘sh, ana shu odamlarning holi nima kechdi ekan? Ie, salomatliklari kerak! Ularga hech nima bo‘lgani yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas, chunki ular hech qachon hayotda bo‘lgan emas, shuningdek, istarasi issiq konferanse-artist ham, teatrning o‘zi ham, valyutalarni yerto‘laga yashirib chiritib yotgan xola — qurumsoq kampir Poroxovnikova ham, inchunun, olti karnaylaru sulloh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling