Prokurator — qadimgi Rimda imperator noibi.
Rampa — sahna oldiga o‘rnatilgan chiroqlarni tomoshabinlar ko‘zidan to‘sib turuvchi pastak
to‘siq.
Sekst Empirik — qadimgi yunon faylasufi va olimi. Skeptitsizm vakili. Mantiq tarixini yaratgan
eng dastlabki olimlardan biri.
Sillogizm — mantiq ilmida ikki fikrni taqqoslab, ularning natijasi bo‘lmish uchinchi fikrni keltirib
chiqarish nazariyasi,
Sinedrion — qadimgi Iudeyada oqsoqollar kengashi. Xukumat va sud ishlari bilan shug‘ullanuvchi
oliy diniy mahkama.
Skuratov (Malyuta) — Ivan Grozniyning a’snlaridan biri. Terrorchi oprichniklar boshlig‘i. Ko‘p
taniqli shaxslarni qatl etishda qatnashgan. 1570 yildagi Novgorod yurishida ommaviy qatlga boshchilik
qilgan.
Solovkin — Oq dengizdagi xilvat orollardan biri, u yerda faqat monastirlar bo‘lgan.
Taliya — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqiz muzaning biri; komediya asarlari homiysi.
Do'stlaringiz bilan baham: |