Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
oshpazlar ham bo‘lmagan. Bularning hammasini palid Korovyovning ta’siriga uchgan Nikonor 
Ivanovich tushida ko‘rgan edi. Tushga kirgan shu qiyofalar orasida yagona tirik odam aynan o‘sha 
artist Savva Potapovich bo‘lib, u ham radioda ko‘p chiqib turganligi sababli Nikonor Ivanovichning 
xotirasiga singib ketgan va shu bois uning tushiga kirgan edi. 
Unda, balki Aloiziy Mogarich ham bo‘lmagandir? E, yo‘q! Bu shaxs nafaqat bo‘lgan, hatto hozir 
ham yashab turipti, yana aynan Rimskiy iste’fo bergan o‘rin, ya’ni Varete direktori lavozimida ishlab 
turipti. 
U Voland huzurida bo‘lgach, taxminan bir kecha-kunduzdan keyin hushiga kelib, o‘zini Vyatkaga 
yetay deb qolgan poezdda ko‘rgan va o‘zining negadir esi og‘ib, Moskvadan bosh olib chiqib 
ketganini, boz ustiga, shim kiyishni unutib, hech keragi bo‘lmagan uy daftarini o‘g‘irlab kelganini 
fahmlagan. Keyin u juda katta pul evaziga provodnikdan bitta yag‘iri chiqib ketgan eski gaim sotib 
olib, Vyatkadan orqasiga qaytgan. Lekin, evoh, o‘zi istiqomat qilib turgan uyni topa olmagan. U 
choldevorpi yong‘in ship-shiydam qilib yalab ketgan edi. Biroq Aloiziy g‘oyat uddaburon odam edi, 
shunga ko‘ra, ikki haftadan keyin u Bryusov tor ko‘chasida chi-royli bir xonaga joylashib oldi, yana bir 
pecha oydan keyin esa u, ko‘ribsizki, Rimskiyning kabinetida o‘tiribdi-da. Ilgari Rimskiy Styopaping 
dastidan qanchalik mashaqqat chekkap bo‘lsa, endi Varenuxa Aloiziyning dastidan shunchalik qiynalib 
jig‘ibiyron bo‘lardi. Hozir Ivan Savelevich faqat, zora-mora bu Aloiziyni Varetedan olib biron yerga 
gumdon qilishsa, degan armon bilan yashardi, chupki uning qadrdon yor-do‘stlari davrasida pichirlab 
aytgan gaplariga qaraganda, «umri bino bo‘lib, Aloiziyga o‘xshagap ablahni hech qachon 
ko‘rmaganmish va bu mal’un Aloiziyning qo‘lidan har qanaqa badkorlik kelarmish». 
Ehtimol ma’mur chindapam g‘arazgo‘y odamdir. Chunki Aloiziyning bironta badkorlikka qo‘l 
urganini hech kim ko‘rmagan, umuman, u hech qanday ish qilmagan, agar bufetchi Sokovning o‘rniga 
yangi bir odam tayinlanganini hisobga olmasak. Aidrey Fomich Sokov esa Voland Moskvada paydo 
bo‘lganidan keyin o‘n oycha vaqt o‘tgach MDUning Birinchi shifoxonasida jigar rakidan vafot etdi. 
Ha, oradan bir necha yil o‘tdi va ushbu kitobda haqqoniy tasvirlangan voqealar xiralashib, odamlar 
xotiridan o‘chib ketdi. Lekin ayrim kishilarning xotirasidan hamon o‘chmagan edi u voqealar. 
X,ar yili bahorda tantanali to‘linoy oqshomida Patriarx ko‘li bo‘yidagi jo‘ka daraxtlari tagida o‘ttiz-
o‘ttiz ikki yoshlarga kirgan bir odam paydo bo‘ladi. Odmigina kiyingan bu mallasoch, ko‘kko‘z odam 
— tarix va falsafa institutining xodimi professor Ivan Nikolaevich Poniryovdir. 
Bu yerga kelib, u har doim bitta skameykaga — o‘sha mash’um oqshomda, hozir hamma unutib 
yuborgan Berlioz bilan o‘tirgan skameykaga o‘tiradi. Ha, o‘shanda umrining oxirgi daqiqalarini 
yashayotgan Berliozning ko‘ziga oy pracha-parcha bo‘lib bo‘linayotgandek tuyulgan edi. 
Endi esa u bir butun — to‘linoy bo‘lib, kunbotar chog‘da oq, undan keyinroq — betida ajdarvash 
dog‘ hosil qilgan zarrin tusga kirib sobiq shoir Ivan Nikolaevichning boshi uzra suzar va ayni paytda 
yuksak samoda bir yerda muallaq qotib turardi. 
Ivan Nikolaevichga hamma narsa ayon, u hamma gapdan voqif, hamma narsani tushunadi. U 
yoshligida badkirdor gipnozchilardan talafot ko‘rganini, shundan keyin davolanib, axiri shifo topganini 
ham biladi. Lekin shu bilan birga, u ba’zi mushkulotlarni yenga olmasligini ham biladi. Chunonchi, u 
mana shu bahorgi to‘linoy oqshomi ta’siridan o‘zini ihota qilishga ojizdir. Shu payt yaqinlashib kelishi 
bilan, bir zamonlar jome tepasidagi besh shamli qandildan balandda muallaq turgan tun yoritg‘ichi 
to‘lishib oltin rang kasb etadiyu Ivan Nikolaevich bezovta bo‘lib, asabiylashadi, ishtahasi bo‘g‘iladi, 
uyqusi qochadi va oyning to‘lishishini kuta boshlaydi. To‘linoy oqshomi kelganda esa hech bir kuch 
uni uyda ushlab qola olmaydi. Kechga yaqin u uyidan chiqib, to‘g‘ri Patriarx ko‘li tomon yo‘l oladi. 
Ivan Nikolaevich bu yerdagi skameykada o‘tirar ekan, endi o‘zi bilan o‘zi oshkora gaplashadi, 
papiros chekadi, suzuk ko‘zlarini goh oyga, goh yodida yaxshi saqlanib qolgan o‘sha mash’um 
turniketga qaratadi. 
U shu zaylda bir-ikki soat o‘tirib, keyin o‘rnidan turadi-da, har gal bitta marshrut bo‘yicha, ya’ni 
spiridonovkadan o‘tib Arbatga ulangan tor ko‘chalar tomon yo‘l oladi, lekin uning matlgosiz boquvchi 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling