Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
235 To‘g‘ri, yalta jinoiy qidiruv bo‘limi yalangoyoq Styopani qabul qilib olgani va uning to‘g‘risida Moskvaga telegrammalar yuborganini tasdiqlagan edi, lekin shunga qaramay, o‘sha telegrammalardan birontasining ham nusxasi topilmadi, natijada, gipnozchilar to‘dasi nihoyatda olis masofadagi, nafaqat ayrim shaxslarni, hatto gala-gala odamlarni ham gipnoz qilish qobiliyatiga ega, degan ko‘ngilsiz, lekin nihoyatda sobit xulosa kelib chiqdi bundan. Demak, jinoyatchilar mazkur sharoitda ruhiyasi eng mustahkam odamlarni ham jinni qilib qo‘yishlari mumkin ekan. Endi, parterda o‘tirgan begona odamning cho‘ntagidan bir dasta qarta chiqqani yoki ayollar egnidagi ko‘ylaklarning g‘oyib bo‘lishi, yoxud miyovlovchi beret va shu kabi qanchadan-qancha ikir- chikir voqealar masalasiga kelsak, ular gapirib o‘tirishga ham arzimaydi! Bunaqa nayrangni, shu jumladan, konferansening boshini uzishdek oddiy nayrangni ham, har qanday o‘rtamiyona mutaxassis- gipnozchi har qanaqa sahnada namoyish qila oladi. Gapiruvchi mushuk ham xamirdan qil sug‘urgandek oson ish. Odamlarga bunday mushukni namoyish qilish uchun g‘oyibdan darak berishga qodir romchilikning dastlabki saboqlarini o‘zlashtirishning o‘zi kifoya. Korovyov mahoratining esa bu dastlabki saboqdan ancha oldinlab ketganiga hech kim shubha qilmaydi. Xa, masala bu yerda dasta-dasta qartalarda ham, Nikonor Ivanovichning portfelidan chiqqan soxta xatlarda ham emas. Bularning bari arzimas narsalar. Berliozni tramvayga bostirib o‘ldirgan shu — Korovyov edi. Shoir Bezdomniy sho‘rlikni jinni qilgan ham, keyin uning behalovat uyqusida ko‘hna Yershalaimni, oftobda jizg‘anak bo‘lib yotgan Taqir Tepada ustunlarga bog‘langan uchta qatlni tush ko‘rishga majbur etgan ham shu edi. Keyin Margarita Nikolaevna bilan uning uy xodimasi Natashani Moskvadan uchib chiqib ketishga majbur qilgan ham shu Korovyov va uning sheriklari bo‘ldi. Darvoqe, tergovchilar bu ishga nihoyatda katta e’tibor berishdi. Ularning oldida, bu ikki ayol qotillaru o‘t qo‘yuvchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilganmi yo ular o‘sha jinoyatchilar to‘dasiga o‘z ixtiyorlari bilan qo‘shilishganmi, degan jumboqni yechish vazifasi turar edi. Mana, nihoyat, ular Nikolay Ivanovich bergan tuturiqsiz va chalkash guvohliklarga suyangan holda hamda Margarita Nikolaevnaning jodugar bo‘lib ketyapman degan mazmunda eriga yozib qoldirgan xatini nazarda tutib, Natashaning o‘z kiyim-boshlaridan birontasini ham olmay g‘oyib bo‘lganini hisobga olib, uy bekasi bilan uning xodimasi ham ko‘pchilik odamlar singari gipnoz qilingan va shu sharoitda bosqinchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan degan xulosaga keldilar. Jinoyatchilarni bu ikki ayolning go‘zalligi rom qilgan bo‘lsa ajab emas, degan mulohaza (mutlaqo to‘g‘ri mulohaza) ham yo‘q emas edi. Lekin bir narsa: o‘zini usta deb yuritgan telba odamni psixiatriya pshfoxonasidan o‘g‘irlab olib ketishga jinoyatchilarni nima majbur qilgani aniqlanmay, mavhumligicha qoldi. Shuningdek, o‘g‘irlangan bemorning familiyasini ham bilib bo‘lmadi. Shu zaylda u «Birinchi korpusdagi bir yuz o‘n sakkizinchi» degan o‘lik laqab bilan mangu dom-daraksiz ketdi. Shunday qilib, hamma narsa oydinlashdi, tergov ham ibtidoli har bir narsa kabi o‘z nihoyasiga yetdi. Oradan bir necha yil o‘tib, odamlar Volandni ham, Korovyovni ham, ularning qolgan sheriklarini ham unuta boshlashdi. Voland bilan uning hamtovokdaridan jabrlanganlar hayotida ko‘pgina o‘zgarishlar yuz berdi, lekin bu o‘zgarishlar qanchalik mayda va ahamiyatsiz bo‘lmasin, baribir ularni qayd qilib o‘tmog‘imiz lozim. Chunonchi, Jorj Bengalskiy shifoxonada uch oy yotib tuzalib chiqdi, lekin Varetedagi xizmatidan bo‘shashga majbur bo‘ldi, holbuki, bu paytda teatrga tomoshabin yopirilib keladigan bo‘lib qolgan edi — jodugarlik va uning fosh etilishi seansi hanuz odamlar xotirasidan o‘chmagan edi-da. Ha, Bengalskiy Varetedan bo‘shadi, chunki har kuni kechqurun ikki ming kishi oddiga chiqib, ularning: o‘zingizni qachon yaxshiroq his qilasiz: kallangiz borligidami yo yo‘q paytidami? — deb bergan tahqiromuz savollaripi muttasil eshitish unga juda og‘ir botardi. Undan tashqari, konferansening o‘z kasbi uchun suv bilan havodek zarur bo‘lgan avvalgi xushchaqchaqligi ancha cheklanib qolgan edi. U har yili bahorda vahimaga tushib, birdan bo‘ynini changallab oladigan, atrofiga olazarak bo‘lib qo‘rqa-pisa qarab, yig‘lab yuboradigan ioxush va dardli bir odat chiqargan edi. Bu tutqanoqnamo dard o‘gib ketardi albatta, ammo shunga qaramay, bunday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling