Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
234
grajdaninning g‘irt mastligi bir zumda ma’lum bo‘lgan-u, uning bergan guvoxliklari shubhali bo‘lib 
tuyulgan. Bu orada mushugini tutib olib ketishganini qo‘shnilaridan eshitgan kampir militsiya 
bo‘limiga yugurib, ayni vaqtida yetib kelgan. Kampir mushugi haqida ko‘p maqtov so‘zlar aytib, uni 
besh yildan beri, ya’ni mushuk bolalik paytidan bilishi, unga xuddi o‘ziga ishonganday ishonishi 
haqida kafolot bergan va mushutining hech qachon hech qanday egri ish qilmagani, Moskvaga ham 
hech qachon bormaganini dalillar bilan isbotlab bergan. Kampirning aytishicha, mushugi shu 
Armavirda gug‘ilib, shu yerda o‘sib ulg‘aygan, sichqon tutigadan ham shu yerda saboq olgan. 
Nihoyat, mushuk bandilikdan ozod qplinib, egasiga qaytarilgan, lekin xato va tuhmat azobni o‘z 
boshidan kechirgandan keyingina ozod bulgan u sho‘rlik. 
Mazkur nayranglar oqibatida nainki mushuklar, hatto ba’zi odamlar ham juz’iy ko‘ngilsizliklarga 
duch kelishdi. Hibsga olishlar yuz berdi. Qisqa muddatga qamalganlar orasida: Leningradda — 
Volman va Vol’per degan grajdanlar, Saratov, Kiev va Xarkovda — Volodin familiyali uch kishi, 
Qozonda — Volox, Penzada esa mutlaqo noma’lum sabablarga ko‘ra, ximiya fanlari kandidati 
Vetchinkevich degan odam qamoqqa olindi. Shunisi borki, u daroz bo‘yli, qorachadan kelgan, qora 
soch odam edi. 
Bir grajdaninni Belgorod bekatida Sevastopol poezdidan qo‘llarini bog‘lab olib tushishdi. U o‘z 
xdmrohlariga qarta o‘yinida alomat fokuslar ko‘rsatayotgan ekan. 
Yaroslavlda esa ayni tushlik paytida bir grajdanin hozirgina ustadan olgan primus bilan restoranga 
kirgan. Ikki eshikog‘asi uni ko‘ra solib, o‘z postlaridan ura qocha boshlaganlar, ular orqasidan esa 
rsstoran xodimlari va barcha xo‘randalar yugurib qolishgan. Xuddi shu mahal kassir ayolning 
g‘aladonidagi pulning hammasi noma’lum sabablarga ko‘ra birdan g‘oyib bo‘lgan. 
Yana ko‘p hodisalar sodir bo‘lgan — hammasini eslash qiyin. Xullas, aql bovar qilmaydigan ishlar 
yuz bergan edi. 
Tergov ahliga ming ofarin. Ular nainki jinoyatchilarni tutish, shuningdek, ularning barcha 
kirdikorlarini izohlab berish uchun qo‘llaridan kelgan hamma ishni qilishdi. Xar bitta hodisa izohlab 
berildi. Biz bu izohlarni g‘oyat bama’ni va rad etib bo‘lmaydigan izohlar deb e’tirof etmay ilojimiz 
yo‘q. 
Tergov ahli va tajribali psixiatorlarning ta’kidlashlaricha, o‘sha jinoyatchi to‘daning a’zolari yoki 
ulardan birontasi (bu borada ko‘pchilik Korovyovni nazarda tutar edi) o‘zlarini o‘z turgan yerlarida 
emas, boshqa — soxta yerda turgandek qilib ko‘rsatishga qodir, eng iqtidorli gipnozchilar bo‘lishgan. 
Bundan tashqari, ular o‘zlariga ro‘para kelgan odamlarga, ayrim buyumu odamlarni haqiqiy turgan 
yeridan boshqa joyda deb uqdira olishgan va aksincha, odamlarning ko‘zi oldida turgan buyum va 
shaxslarni ularning nazaridan yashirishga qodir bo‘lishgan.. 
Shunday izohlar natijasida sodir bo‘lgan hamma hodisa, hattoki odamlarni qattiq hayajonga solgan 
va izohlash tamomila mushkul bo‘lgan 50-kvartira voqeasi, ya’ni pistoletlardan o‘qqa tutilgan 
mushukka ne sababdan o‘q kor qilmaganligi ham oydinlashdi. 
Tabiiyki, hech qanday mushuk qandilga osilib olmagan va hech bir jonzod u yerdan turib o‘q 
otmagan, bil’aks, jinoiy ishga qo‘l urgan paytlarda odamlarga o‘z ta’sir kuchini o‘gkazish qobiliyatiga 
ega bo‘lgan nayrangboz Korovyov o‘q otayotganlarning orqasida turib olib, ularning diliga, mushuk 
qandilga osilib olib o‘q otmoqda, degan fikrni solgan va ularni mazax qilib bo‘shliqqa qarata o‘q 
uzishga undagan. Kvartiraga benzin sepib o‘t qo‘yib yuborgan ham shu Korovyovning o‘zi bo‘lgan. 
Ma’lumki, Styopa Lixodeev mutlaqo Yaltaga uchib ketmagan (bu nayrang hatto Korovyovning 
ham qo‘lidan kelmasdi), u yoqdan hech qanaqa telegramma ham yubormagan. U zargar bevasining 
kvartirasida Korovyov ko‘rsatgan fokusdan (sirkalangan qo‘ziqorinni sanchqiga ilib yeyayotgan 
mushukdan) qo‘rqib hushidan ketgancha, to Korovyov, masxara qilish maqsadida, uning boshiga kigiz 
shlyapa kiydirib Moskva aerodromiga jo‘natguncha shu yerda yotgan, ayni paytda Korovyov Styopani 
kutib chiqqan jinoiy qidiruv vakillarining diliga Styopa Sevastopoldan uchib kelgan aeroplandan 
tushadi, degan fikrni solgan. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling