www.ziyouz.com kutubxonasi
240
IZOHLAR
Amazonka — qadimgi yunon mifologiyasida jangovar suvori ayol.
Aramoylar — kelib chiqishi arabistonlik bo‘lgan somiylar qabilasi.
Attis — yunop mifologiyasida Frigiyadap chiqqan xudo. Ammo uning bo‘lganligi mavhum.
Belztaj — teatr zalida parter va amfiteatrdan yuqoriroqqa joylashgan balkonning eng oldingi
qatorlari.
Broken — Germaniyadagi Garts tog‘ining cho‘qqisi bo‘lib, nemis xalq afsonalari va rivoyatlarida
ta’kidlanishicha, go‘yo bu yerda bahor bayrami arafasida (1 mayga o‘tar kechasi) jinlar bazmi bo‘lar
emish.
Buyuk irod (miloddan oldingi 73—4 yillar) — 40-yildan Iudeya shohi. Taxtni Rim qo‘shinlari
ko‘magida qo‘lga kiritgan. O‘ta darajada riyosatparast va badgumon zolim bo‘lgan. O‘zining raqibi
deb shubha qilgan hamma odamni o‘ldiravergan. Rivoyatlarga qaraganda, Isoning tug‘ilganidan darak
topib, mamlakatdagi barcha chaqaloqlarni qilichdan o‘tkazgan emish.
Vampir — afsonalarda go‘rdan chiqib odamlarning qonini so‘ruvchi maxluq.
Vetap Anri (1820—1881) — Belgiya skripkachisi va kompozitori. Bryussel konservatoriyasining
professori.
Galileya — shimoliy Falastinda tarixiy viloyat. Injil talqini bo‘yicha Isoni targ‘ib qilgan asosiy
rayon.
Gomunkul — o‘rta asr kimyogarlarining xayoliy tasavvuricha kimyoviy usul bilan yaratish
mumkin bo‘lgan odamzod.
Do'stlaringiz bilan baham: |