Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
228 nazarida, juda teran va qattiq ranjga aylangandek tuyuldi. Lekin bu ranj beqaror bo‘lib chiqdi, u zumda g‘oyib bo‘lib, takabburona loqaydlik bilan o‘rin almashdi, loqaydlik esa mangu orom tuyg‘usiga aylandi. Suvorilar ustani sukut saqlab kutib turishardi. Ular qora kiygan bu daroz odamning jar yoqasida turib qilayotgan har xil qo‘l ishoralarini, goh butun shahar osha nigoh tashlab, uning ufq ortidagi tomonni ko‘rmoqchi bo‘lganday boshini adl ko‘tarishini, goh o‘z oyog‘i ostidagi payhon qilingan, qovjiragan giyohlarni o‘rganmoqchi bo‘lganday boshini xam qilishini kuzatardilar. Nihoyat, yuragi ziq bo‘lgan Begemot sukutni buzdi. — Ijozat bersangiz, metr, — deb gap boshladi u, — parvoz oldidan vidolashuv hushtagini men chalsam. — Xonimni cho‘chitib yuborishing mumkin, — dedi Voland, — undan keyin shuni unutmaki, sen bugungi noma’qulchiliklaringni barini qilib bo‘lding. — O, yo‘q, yo‘q, messir, — dedi egarda amazonkalardek qo‘lini beliga tirab, uzun etagini yergacha tushirib o‘tirgan Margarita, — ruxsat bering unga, mayli, chalsin. Olis safar oldidan ko‘nglimga xiyla g‘ash oraladi. Garchi inson bu safar nihoyasida baxtga mugdarraf bo‘lishini bilsa ham, shunday ko‘ngilg‘ash-lik bo‘lishi tabiiy, to‘g‘rimi, messir? Mayli, bir ko‘nglimni chog‘lasin, bo‘lmasa, safar oldidan yig‘lab yuborib, kayfiyatinglarni buzib qo‘yishim mumkin. Voland bosh irg‘ab Begemotga ishora qiddi, mushukning ko‘ngli ko‘tarilib, otdan sakrab tushdi va barmoklarini og‘ziga tiqib, lunjini shishirdi-da, hushtak chaddi. Margaritaning qulog‘i shang‘illab ketdi. Uning oti hurkib, ikki oyog‘ini ko‘tardi, o‘rmondagi daraxtlardan quruq shox-shabbalar to‘kiddi, qarg‘a va chumchuqlar gala-gala bo‘lib osmonga ko‘tarildi, burqirab ko‘tarilgan to‘zon daryo tomon uchdi, bandargoh yonidan suzib o‘tayotgan daryo tramvayidagi bir nechta yo‘lovchining boshidan kepkasi uchib suvga tushdi. Usta hushtak ovozidan seskanib ketdi, lekin orqasiga o‘girilmadi, balki qo‘llarini yuqori ko‘tarib, xuddi shaharga tahdid solayotgandek, ularni yana ham jadalroq silkita boshladi. Begemot atrofga mag‘rurona nazar tashladi. Etirof etaman, hushtak chalindi, — muruvvat ichishdek dedi Korovyov, — darhaqiqat hushtak chalindi, lekin xolisanillo gapiradigan bo‘lsak, o‘rtamiyona hushtak bo‘ldi! Axir men regent emasman-da, — deb javob qildi Begemot viqor bilan lunjini osiltirib va dabdurustdan Margaritaga ko‘z qisdi. — Qani, menam bir urinib ko‘ray-chi, yoshlikni eslab, — dedi Korovyov, qo‘l/\arini ishqashab, barmoqlariga tuflarkan. — Lekin ehtiyot bo‘l, — dedi Voland jiddiy ohangda, — bironta ham shaxsga hech qanday ziyon- zahmat yetmaydigan bo‘lsin! — Messir, ishoning, — dedi Korovyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, — bu hazil, faqat hazil bo‘ladi... — Shunda uning vujudi xuddi rezinadan yasalgandek birdan yuqoriga cho‘zildi, o‘ng qo‘lining barmoqlarini bukib g‘aroyib bir shakl yasadi-da, oldi parma singari chir-chir aylanib, bir o‘ram sochga o‘xshab qoldi, so‘ng qayta yechilib, birdan hushtak chalib yubordi. Margarita bu hushtakni eshitmadi, balki uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi: u o‘zining o‘ynoqi oti bilan birga gaz nariga borib tushgan edi. Ayni paytda shu yerda qad ko‘targan azim tup eman ildiz-pildizi bilan ko‘porilib, qulab tushdi, to daryo bo‘yigacha bo‘lgan yer tors-tors yorilib ketdi. Qirg‘oqning katta bir bo‘lagi yerga joylashgan bandargohu restoran bilan birga sindirilib, daryoga quladi. Daryo ko‘pirib toshdi va daryo tramvayini ichidagi yo‘lovchilar bilan birga narigi yashil past qirg‘oqqa beshikast chiqarib qo‘ydi. Margaritaning hurkib pishqirayotgan oti oyog‘i ostiga Fagotning hushtagidan nobud bo‘lgan bir olaqarg‘a gup» etib kelib tushdi. Bu hushtak ustani cho‘chitib yubordi. U boshini changallagancha, hamroxlari tomon chopib kela boshladi. — Xo‘sh, — deb murojaat qildi unga ot ustidan Voland, — barcha hisob-kitob qilib bo‘lindimi? Vidolashuv vojib bo‘ldimi? — Xa, vojib bo‘ldi, — deb javob qildi usta, so‘ng ko‘ngli taskin topib, Volandning yuziga tik va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling