Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
28 ko‘chasiga burildi. U muyulishda qattiq bir chiyillab, to‘g‘ri yo‘lga chiqib oldi-yu, birdan ichi elektr shu’lasidan yaraqlab ketib, tezligi oshdi. Ehtiyotkor Berlioz, garchi bexavotir yerda turgan bo‘lsa ham, qayta turniket g‘altagi orqasiga o‘tib turmoqchi bo‘ldi va uning bandini ushlab, orqasiga bir qadam qo‘ydi. Xuddi shu payt, qo‘li sirg‘alib, g‘altak bandini qo‘yib yubordi, oyog‘i tramvay iziga qiyalab tushgan tosh yo‘ldan xuddi yaxmalak otgandek sirpanib ketdi, ikkinchi oyog‘i yuqoriga ko‘tarilib ketdi-yu, Berlioz tramvay iziga borib tushdi. U biron nimani ushlab olishga urinib chalqanchasiga yiqildi, ensasi bilan toshga xiyol zarb bilan urildi va shu choq balandda (lekin chap tomopdami yo o‘ngdami — fahmiga bora olmadi) zarrin tusga kirgan oyni ko‘rdi. Shu zahoti u g‘ay-ritabiiy tezlik bilan g‘ujanak bo‘lib yonboshiga o‘girildi, o‘girildiyu o‘zi tomonga nihoyatda zo‘r shiddat bilan o‘qday uchib kelayotgan tramvay haydovchi ayolnipg dokadek oqargan yuzini va boshidagi qizil durrasini ko‘rdi. Berlioz chinqirmadi, ammo butun ko‘cha asllar ovozi bilan jonholatda chinqirib yubordi. Tramvay haydovchi ayol elektr tormozni shaxt tortdi, vagon tumshug‘i bilan yerga enkaydi, bir zumda silkindi, vagon derazalarinipg oynalari dahshatli ovoz bilan chil-chil sipdi. Shu chog‘ Berliozning miyasida kimdir jon achchig‘ida «Nahotki?..» — deb qichqirib yubordi. Uning ko‘zi oldida oy yana bir bor, oxirgi marta lip etib ko‘rindi, lekin u bo‘lak-bo‘laklarga bo‘lina boshlagan edi, so‘ng hammayoq qop-qorong‘i bo‘ldi. Tramvay kelib Berliozni bosdi, shunda xiyobon atrofini o‘ragan panjara ostiga, tosh terilgan qiyalik tomonga dum-dumaloq qora bir narsa dumalab ketdi. U narsa shu qiyalikdan tushib, Bronnaya ko‘chasiga terilgan toshlar ustidan dumalab ketdi. Bu Berliozning tramvay uzib yuborgan kallasi edi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling