Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 o‘zlarini chetga olib qochishdi, shunda uning qulog‘iga: «Mastmi, nima balo?» — degan luqma eshitildi. — E, ha, sen ham u bilan birgamisan hali? — deb baqirdi darg‘azab Ivan. — Hali sen meni mayna qilmoqchi bo‘ldingmi? To‘sma yo‘limni! Ivan o‘ng tomondan o‘tmoqchi edi, regent ham shu tomonga otildi! Ivan chapga tashlanuvdi — manfur regent ham chapga o‘tdi. — Sen ataylab yo‘limni to‘syapsan chog‘i? — baqirdi Ivan g‘azabi tobora ortarkan. — Hali seni ham militsiyaga topshiraman! Ivan nobakor regentning yengidan tutmoqchi bo‘lib hamla qildi, ammo tutolmay, dog‘da qoldi. Regent xuddi yerga kirib ketganday ko‘zdan g‘oyib bo‘lgandi. Ivanning og‘zi hayratdan lang ochilib qoldi, shu payt u uzoqda ketayotgan manfur notanish odamni ko‘rib qoldi. U Patriarx tor ko‘chasi og‘ziga borib qolgan edi, boz ustiga, u yolg‘iz emas edi. Qanday odamligi mutlaqo noma’lum bo‘lgan boyagi regent professorga hamroh bo‘lib borardi. Bu ham yetmaganday, kutilmaganda qayoqdandir paydo bo‘lgan, to‘ng‘izdek bahaybat, qarg‘adek qop-qora, shopmo‘ylov bir mushuk ular bilan borardi. Uchovlari Patriarx tor ko‘chasi tomon yurishdi, lekin shunisi qiziqki, bu payt mushuk orqa oyoqlarida yura boshladi. Ivan shu badkirdorlar ortidan yugurdi, ammo ularni quvib yetish juda mushkul bo‘lishini darhol angladi. Uchovlon zumda tor ko‘chadan o‘tib Spiridonovkaga chiqishdi. Ivan qadamini qancha ildamlatmasin, ta’qib qilinayotganlar bilan o‘zi o‘rtasidagi masofa zig‘irchayam kamaymadi. Shoir ko‘z ochib-yumguncha sokin Spiridonovkadan o‘tib, o‘zini Nikita qopqasi oldida ko‘rdi, bu yerda endi uning ahvoli og‘irlashgan edi. Bu yer shunaqa gavjum ediki, Ivan ba’zi yo‘lovchilarga turtinib ketib so‘kish ham eshitib oldi. Buning ustiga-ustak, badkirdorlar to‘dasi banditlar ko‘p qo‘llay-digan usulni ishlatishga — har tarafga tarqab ketishga qaror qilgandi. Regent Arbat maydoni tomon o‘qday uchib borayotgan tirband avtobusga sakrab chiqib olib, olomon ichiga xuddi olqindidek suqilib kirdi-yu, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ta’qib qilinayotganlardan bittasini yo‘qotgan Ivan endi butun diqqatini mushukka qaratdi: bu antiqa mushuk bekatda to‘xtab turgan «A» belgili motorli vagonning pillapoyasi oldiga borib, vagonga chiqa boshlagan bir ayolni chirqillatib tortib tushirdi-da, o‘zi eshik bandini ushlab pillapoyaga chiqib oldi, shundan keyin havo issiq bo‘lgani uchun ochib qo‘yilgan deraza orqali konduktorga yarim tanga pul ham uzatdi. Mushukning bu raftori Ivanni shunchalar hayratlantirdiki, u muyulishdagi oziq-ovqat magazini oldida dong qotib turib qoldi, lekin shu onning o‘zida u konduktorning xatti-harakatidan ikkinchi marta, yana ham kuchliroq hayratga keldi. Konduktor ayol tramvayga chiqayotgan mushukni ko‘rgan hamonoq jahl bilan, butun vujudi titrab chiyilladi: — Mushuklarga ruxsat yo‘q! Mushuklar bilan tramvayga chiqish mumkin emas! Pisht! Tush vagondan, bo‘lmasa militsiya chaqiraman! Bu hodisa, mushukning tramvayga chiqmoqchi bo‘lgani u yoqda tursin, hatto uning kira haqi to‘lashga uringani ham na konduktor ayolni, na passajirlarni ajablantirgandi! Mushuk nafaqat kira haqi to‘lashga qodir, shuningdek, intizomli hayvon ham bo‘lib chikdi. U konduktor ayolning shang‘illashini eshitgan hamonoq yerga tushib, bekatga cho‘qqayib o‘tirdi va yarim tangali pul bilan mo‘ylovini silay boshladi. Lekin konduktor ayol arqonni tortib, tramvay joyidan jilgan hamonoq mushuk tramvaydan haydab tushirilgan, ammo tramvaydan qolib ketishga hech iloji bo‘lmagan odamday ish tutdi. U uchala vagonni o‘tkazib yuborib, oxirgisining orqa yoyisiga chiqib oldiyu rezinka ichakni changallab ushlagancha safarga jo‘nab qoldi, ayni paytda yarim tanga pulini ham tejab qoldi. Ivan bu yaramas mushukka alahsib, sal bo‘lmasa, eng muhim jinoyatchi — professorni yo‘qotib qo‘yayozgandi. Lekin u, Ivanning baxtiga, g‘oyib bo‘lishga ulgurmagan ekan. Ivan uning kulrang beretini Bolshaya Nikitskayami yo Gertsen ko‘chasiningmi boshlanish yerida g‘ij-g‘ij oadmlar orasida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling