Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
Beshinchi bob
BU GRIBOYeDOVDA BO‘LGAN EDI Sarg‘ish rangga bo‘yalgan bu ikki qavatli qadimiy uy aylanma xiyobon yoqasiga, atrofi cho‘yan panjara bilan o‘ralgan, daraxtlari majmag‘il bog‘ etagiga joylashgan edi. Uy oldidagi mo‘‘jazgina Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) www.ziyouz.com kutubxonasi 33 maydoncha asfaltlangan bo‘lib, qishda bu yerga qor tog‘ qilib uyilib, tepasiga kurak botirib qo‘yilar, yoz paytida esa bu sahn kanop soyabon ostida yozlik restoranning eng muhtasham bo‘limiga aylanardi. Bu uy «Griboedov uyi» deb atalardi, bunga sabab, go‘yo bir vaqtlar adibning, ya’ni Aleksandr Sergeevich Griboedovning xolasi shu uy sohibasi bo‘lgan emish. Lekin chindanam shunday bo‘lganmi, yo‘qmi — aniq aytolmaymiz. Aslida, Griboedovning uy sohibasi bo‘lgan hech qanday xolasi yo‘q edi bilishimcha... Lekin shunga qaramay, bu uyni shu nom bilan atardilar. Shunisiyam borki, agar moskvalik bir yolg‘onchining gapiga ishonsak, bu uyning ikkinchi qavatidagi serustun doira zalda mashhur yozuvchi yumshoq divanda yastanib o‘tirgan o‘sha xolasiga o‘zining «Aqllilik balosi» asaridan parcha ham o‘qigan emish. Lekin kim bilsin, o‘qigan bo‘lsa o‘qigandir ham, muhimi bu emas! Muhimi shuki, hozirgi paytda bu uyning sohibi o‘sha MASSOLIT ediki, baxtiqaro Mixail Aleksandrovich Berlioz Patriarx ko‘li bo‘yiga borgunga qadar shu tashkilotga boshchilik qilar edi. MASSOLIT a’zolarining sharofati bilan bu uyni hech kim «Griboedov» deb atamas, balki hamma qisqagina qilib «Griboedov» derdi: «Kecha men Griboedovda ikki soat xonama-xona sandiroqlab yurdim». «Xo‘sh, qalay?» «Yaltaga bir oylik putyovka undirdim». «Boplabsan!» Yoki: «Berliozning oldiga bor, bugun u to‘rtdan oltigacha Griboedovda qabul qiladi...» va hokazolar. MASSOLIT Griboedovga juda qulay va yaxshi joylashgan edi. Griboedovga kirib kelgan har bir odam birinchi navbatda beixtiyor har xil sport to‘ga-raklarining e’lonlari bilan, shuningdek, ikkinchi qavatga olib chiqadigan zina devorlariga osilgan MASSOLIT a’zolarining gruppa-gruppa va yakka- yakka bo‘lib tushgan fotosuratlari bilan tanishardi. Ikkinchi qavatdagi birinchi xona eshigiga yirik harflar bilan «Baliq ovi va dala hovli sektsiyasi» deb yozilgan bo‘lib, yozuv ostiga qarmoqqa ilingan to-vonbaliqning rasmi chizilgan edi. 2 raqamli xona eshigiga xiyla g‘aliz gap yozilgan edi: «Bir kunlik ijodiy putyovka. M. V. Podlojnyaga murojaat qilinsin». Undan keyingi eshikdagi yozuv qisqa bo‘lsa ham mutlaqo tushunib bo‘lmasdi: «Pereligino». «Griboedov»ga tasodifan kirib qolgan odam shu yozuvdan keyin adib xolasining yong‘oq yog‘ochidan yasalgan eshiklariga qoqilgan turli-tuman yozuvlarni ko‘rib hang-mang bo‘lib qolardi: «Qog‘oz olmoqchi bo‘lganlarni Poklyovkina navbatga yozadi», «Kassa», «Sketch yozuvchilar uchun xususiy haq to‘lanadi»... Pastda, binoga kiraverishdan boshlangan uzundan-uzun navbatda turganlarni yoqalab borgan odam: «Uy-joy masalasi» deb yozilgan, odamlar to‘xtovsiz kirib-chiqib turgan eshikka borib to‘xtardi. Uy-joy masalasi ko‘riladigan xonadan keyin g‘oyat hashamatli plakat ko‘zga tashlanardi, bu plakatda baland qoya, uning cho‘qqisida yelkasiga miltiq ilib, ot choptirib ketayotgan chakmonli suvoriy tasvirlangan edi. Undan pastroqda — palmalar soyasidagi peshayvonda qo‘liga avtoruchka ushlagan kokildor bir yigit judayam o‘tkir ko‘zlarini olis-olis fazoga tikib o‘tirardi. Bu tasvir ostiga shunday so‘zlar yozilgan edi: «Ikki haftadan (hikoya, novella) bir yilgacha (roman, trilogiya) to‘laqonli ijodiy otpuskalar beriladi. Yalta, Sovuq Suv, Borovoe, Sixidziri, Maxipjauri, Leningrad (Qishki saroy)». Bu eshik oldida ham pavbat-da turganlar bor edi, lekin judayam ko‘p emas, taxminan yuz elliktacha kelardi. Bu yerdan o‘tib, Griboedov uyining serhashamat muyulishlaridan, pastu baland yo‘laklaridan borgan odam: «MASSOLIT Pravleniesi», «Kassalar № 2, 3, 4, 5», «Redaktsioi kollegiya», «MASSOLIT raisi», «Bilyardxona» deb yozilgan eshiklardan o‘tar, shuningdek, MASSOLITning turli-tuman qo‘shimcha idoralarni, nihoyat, yuqorida nomi zikr etilgan xola buyuk jiyanining komediyasini huzur bilan tinglagan o‘sha serustun zalni ko‘rardi. «Griboedov»ga kirgan har bir odam, agar unda zig‘ircha fahm-farosat bo‘lsa, MASSOLIT a’zolarining qanday baxtiyor hayot kechirishini bir qarashda fahmlab olardi, fahmlardiyu, shu zahoti uning ichini hasad mushuk bo‘lib timdalardi. Shu zahoti u, tug‘ilganimda nega menga ham yozuvchilik iste’dodini ato etmading, degandek achchiq ta’na to‘la ko‘zlarini ko‘kka tikardi, zero, MASSOLIT a’zosining butun Moskva taniydigan, xushhid, asl nav charm qoplangan zarhal hoshiyali jigarrang |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling