Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
36 dim zalda ovqatlanishga majbur bo‘lishdi. Rosa yarim kechada birinchi zalda nimadir birdan gumburlab, jaranglab, sochilib ketganday bo‘ldi. Shu zahoti chiyildoq erkak ovozi muzikaga jo‘r bo‘lib: Alliluyya!» — deb jon-jahdi bilan chinqirib kuy-lay boshladi. Dovrug‘i ketgan Griboedov jazi ish boshlagan edi. Terlagan chehralar go‘e yorishib ketganday, go‘yo shiftdagi ot tasvirlariga jon kirganday, chiroqlarning shu’lasi kuchayganday bo‘ldi, shunda ikkala zaldagi, undan so‘ng peshayvondagi xo‘randalarning birdan jazavasi tutib, raqsga tusha boshladilar. Gluxaryov shoira Tamara Polumesyats bilan tantsa qila boshladi, Kvant raqsga tushdi, romannavis Jukolov sariq ko‘ylak kiygan bir kino artistka bilan tantsaga tushdi. Dragunskiy ham, Cherdakchi ham, gumbazday keladigan adiba Shturman Jorjni quchib olgan jikkak Deniskin ham tantsa tushishdi, oq bo‘z shim kiygan noma’lum bir shaxs mahkam quchib olgan go‘zal me’mor ayol Semeykina-Gall ham tantsa tushardi. «Kunda-shunda» xo‘randalar ham, taklif etilgan mehmonlar ham, moskvaliklaru chetdan kelganlar ham raqs tusha boshlashdi: kronshtadtlik yozuvchi Iogann, G‘ostovdan kelgan, butun yuziga qip-qizil temiratki toshgan qandaydir (rejissyor bo‘lsa kerak) Vitya Kuftik degan shaxs, MASSOLITda poeziya bo‘limining eng mashhur namoyandalari, ya’ni Pavianov, Bogoxulskiy, Sladkiy, Shpichkin va Adelfina Buzdyaklar ham raqs tushishardi, sochlarini boks fasoni bo‘yicha oldirgan, yelkalariga modaga moslashib paxta qo‘ydirgan kasbi noma’lum yoshlar ham raqs tushishardi. Qora terga botgan ofitsiantlar boshlari uzra pivo to‘ldirilgan krujkalarni ko‘tarib o‘tarkanlar, nafrat aralash hirqiroq ovoz bilan qichqirishardi: «Uzr, grajdanin!» Chiyildoq xonanda eidi kuylamas, «Alliluyya!» — deb uv tortardi. Jazdagi mis zillarning gumburi idish-tovoqlarning shaqir-shuqurini xam bosib ketgandi.... Shu asnoda birdan bir stol uzra: «Berlioz!» — degan sado parvoz etdi. Birdan, allakimdan qattiq musht yegandek, jaz shalvirab, so‘ng gung bo‘lib qoldi. «Nima, nima, nima bo‘pti, nima?!!» «Berlioz!!!» Odamlar o‘rinlaridan turib ketishdi, baqiriq-chaqiriqlar yangradi... Mixail Aleksandrovich haqidagi shumxabar hammani og‘ir qayg‘uga solib qo‘ygandi. Kimdir kuyib-pishib, hoziroq, shu yerning o‘zida kollektiv nomidan qandaydir telegramma yozib, zudlik bilap jo‘natish kerak, deb chinqirardi. Lekin qanaqa telegramma, qayoqqa yuborish kerak, degan savol tug‘iladi. Uni yuborishdan nima foyda? Darhaqiqat, uni qayoqqa yuborish kerak? Undan keyin, telegramma qanday mazmunda bo‘lmasin, majaqlangan ensasi hozir projektorning rezina qo‘lqop kiygan qo‘li ostida ezg‘ilinayotgan, bo‘ynini esa professor igna bilan teshib tikayotgan jasad uchun uning nima hojati bor deysiz? U halok bo‘lgan, endi hech qanday telegramma kerak emas unga. U adoyi tamom bo‘ldi, telegrafni band qilmaylik. Ha, halok bo‘ldi u, halok bo‘ldi... Lekin bizlar tirikmiz-ku. Xa og‘ir qayg‘u xuddi ulkan to‘lqin kabi toshgan edi, ancha vaqtgacha ko‘pirib turgan bu to‘lqin oxiri pasaya boshladi va endi ayrimlar o‘z stoliga — avvaliga o‘g‘rincha, keyin oshkora — qayta boshlashdi, araq ichib, gazak qilishdi. Darhaqiqat, devolyay usulida tayyorlangan tovuq kotletlarini qoldirsa uvol bo‘lmaydimi? Xo‘sh, nima yordamimiz tegadi Mixail Aleksandrovichga? Och qolganimizmi? Axir, bizlar tirikmiz-ku! Turgan gap, royalning qopqog‘ini qulflab qo‘yishdi, bir nechta jurnalist ta’ziyanoma yozgani o‘z redaktsiyasiga jo‘nab ketdi. Jeldibinning o‘likxonadan kelganini xabar qilishdi. U marhumning ikkinchi qavatdagi kabinetida o‘tirganmish. Bir zumda Berliozning o‘rniga shuni qo‘yishadi, degan ovoza tarqaldi. Jeldibin o‘n ikkita pravlenie a’zosining hammasini restorandan chaqirtirib oldi, so‘ng Berliozning kabinetida shoshilinch ravishda boshlangan majlisda Griboedovning ustunli zalini motam marosimiga hozirlash, marosimning boshlanish payti va shu ko‘ngilsiz voqeaga daxldor bo‘lgan boshqa zaruriy masalalar haqida muhokama yurita boshlashdi. Restoranning yana odatdagi tungi hayoti boshlanib ketdi, bu hayot to restoran yopilguncha, ya’ni tonggi soat to‘rtgacha davom etishi mumkin edi, agar xo‘randalarni Berliozning halokati haqidagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling