Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 — Ve, ve, ve! Va... Vo... Vashpermi? Vagnermi? Vaynermi? Vegnermi? Vintermikin? — Ivan peshanasini astoydil tirishtirganidan boshidagi sochi u yoq-bu yoqqa siljiy boshladi. — Vulfdir? — ayanchli ohangda chiyilladi bir ayol. Ivanning achchig‘i chiqib ketdi. — Esi past! — deb baqirdi u chiyillagan ayolni ko‘zi bilan axtararkan. — Vulfning nima daxli bor bunga? Vulfda hech qanday ayb yo‘q! Vo, vo... Yo‘q! X,ech eslolmayapman! Gap bunday, grajdanlar: hozir siz militsiyaga telefon qiling, professorni tutish uchun pulemyot o‘rnatilgan beshta mototsiklet yuborishsin. Yana shuniyam aytinglarki, u yolg‘iz emas: yonida ko‘ziga shishasi darz ketgan pensne taqqan, katak shim kiygan bir naynov bilan to‘ng‘izday semiz bir qora mushuk ham bor. Ungacha men Griboedovni tintib chiqaman... Ko‘nglim sezyapti, u shu yerda! Ivan qattiq bezovtalanib, qo‘lidagi shamning mumini o‘z ustiga sachratgancha atrofidagi odamlarni turtib, stollarning ostiga mo‘ralay boshladi, Shu payt: «Doktor!» — degan ovoz eshitildiyu, Ivanning ro‘parasida bir odamning muguz ko‘zoynak taqqan, soqol-mo‘ylovi qirilgan, muloyim, go‘shtdor yuzi paydo bo‘ldi. — O‘rtoq Bezdomniy, — tantanavor ohangda gap boshladi shu odam, — tinchlaning! Siz hammamiz uchun aziz bo‘lgan Mixail Aleksandrovichning... yo‘q, aniqrog‘i, Misha Berliozning o‘limidan qattiq xafa bo‘lgansiz. Bizlar buni juda yaxshi tushunib turibmiz. Siz dam olishingiz kerak. Hozir o‘rtoqlar sizni olib borib o‘ringa yotqizishadi, bir oz mizg‘ib, qayg‘uni unutasiz... — Sen, — deb Ivan tishlarini irjaytirgancha uning so‘zini bo‘ldi, — professorni zudlik bilan tutish kerakligini tushunasanmi O‘zingni bema’ni maslahatlaring bilan do‘stlashasan shu topda! Ovsar! — O‘rtoq Bezdomniy, meni kechiring dedi boyagi odam cho‘g‘dek qizarib orqasiga burildi va bu g‘alvaga aralashganidan pushaymon oo‘lib. — Yo‘q, hammani kechirsam ham, seni kechirmayman, — nafrat bilan ohista dedi Ivan Nikolaevich. Uning asabdan afti bujmaydi, o‘ng qo‘lidagi shamni tez chap qo‘liga olib, rahmdillik qilgan bu odamning qulog‘i ostiga tarsaki tushirdi. Shundan keyin hamma Ivanga tashlandi. Sham o‘chdi, tarsaki yegan odamning ko‘zoynagi yerga tushib, bir zumda majaqlandi. Ivan hattoki xiyobonda yurgan odamlarga ham eshitiladigan, hammani vasvasaga soladigan dahshatli jangovar na’ra tortib, o‘zini himoya qila boshladi. Stollardan tushib singan idishlar ja-rangi, ayollarning chinqirgani eshitildiyu Ofitsiantlar shoirning qo‘l-oyog‘ini sochiqlar bilan bog‘layotgan paytda, garderobxonada restoran xo‘jayini bilan eshikog‘asi o‘rtasida shunday gap bordi. — Uning ichki ishtonda kelganini ko‘ruvdingmi? — sovuqqina so‘radi xo‘jayin. — Axir, Archibald Archibaldovich, — dag‘-dag‘ qaltirab javob qildi shveytsar, — u kishi MASSOLIT a’zosi bo‘lsalar, qanday kiritmayman? — Uning ichki ishtonda kelganini ko‘ruvdingmi, deyapman? — deb takrorladi xo‘jayin. — Axir o‘zingiz o‘ylang, Archibald Archibaldovich, — derdi lavlagiday qizargan eshikog‘asi, — men nima ham qila olardim? To‘g‘ri, tushunaman, rovonda xonimlar o‘tiripti... — Xonimlarning bunga daxli yo‘q, ularga baribir, — derdi xo‘jayin ko‘zlari bilan eshikog‘asini yeb yuborguday bo‘lib, — lekin militsiyaga baribir emas! Ichki kiyimdagi odam Moskva ko‘chalarida faqat bitta vaziyatda yurishi mumkin — agar uni militsiya kuzatib borayotgan bo‘lsa va faqat militsiya bo‘limiga kuzatib borayotgan bo‘lsa! Lekin sen, agar eshikog‘asi ekansan, shuni bilishing kerakki, bunday odamni ko‘rgan zahoting, bir zum ham o‘ylab o‘tirmay, hushtak chalishing kerak edi. Eshityapsanmi gapimni? Esi og‘ib qolgan eshikog‘asi rovon yokda bir nimaning gumburlab ketganini, idishlarning chil-chil singani va ayollarning chinqirganini eshitdi. — Xo‘sh, endi seni nima qilishim kerak, a? — so‘radi xo‘jayin. Eshikog‘asining rangi quv o‘chib ketdi, ko‘zlari xiralashdi... tizzalari qaltiray boshladi. Lekin endi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling