Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
Oltinchi bob
ShIZOFRYeNIYa DYeGANLARI TO‘G‘RI CHIQDI Moskva yaqinida, daryo bo‘yida keyingi paytlarda qurilib, dovrug‘i ketgan psixiatrik shifoxonaning qabulxonasiga oq xalat kiygan cho‘qqisoqol odam kirib kelganida vaqt tungi soat bir yarim edi. Uchta sanitar divanda o‘tirgan Ivan Nikolaevichdan ko‘z uzmay shay turishardi. Qattiq hayajonlangan shoir Ryuxin ham shu yerda edi. Ivan Nikolaevichning oyoq-qo‘li bog‘lab kelingan sochiqlar endi shu divanda bir to‘p bo‘lib uyulib yotardi. Ryuxin kirgan odamni ko‘rdi-yu rangi oqarib ketdi, tomoq qirib qo‘yib, qo‘rqa-pisa dedi: — Salom, doktor. Doktor Ryuxinning salomiga bosh egib javob qildi, lekin bosh egarkan, unga emas, Ivan Nikolaevichga qaradi. Shoir qoshlarini uyib, tumshaygancha qilt etmay o‘tirardi, hatto vrach kirib kelganida ham unga qiyo boqmadi. Ryuxin Ivan Nikolaevich tomonga hadiksirab ko‘z qirini tashlarkan, negadir xuddi bir sirni ochayotganday pichirlab dedi: — Mana, doktor, bu kishi — taniqli shoir Ivan Bezdomniy... mana, bir ko‘rib qo‘ysangiz... ruhiy kasallikka chalinmaganmikin deb qo‘rqyapmiz... — Ko‘p icharmidi? — gijir tishlari orasidan so‘radi doktor. — Yo‘q, ichardi-yu, lekin judayam haligindaqa, ko‘p ichmasdi... — Suvarak, kalamush, shaytonvachchalarni yoki mishiqi itlarni tutish bilan shug‘ullanmasmidi? — Yo‘q, — seskanib ketib javob qildi Ryuxin, — uni kechayam, bugun ertalab ham ko‘ruvdim. Soppa-sog‘ edi... — Nega ichki ishtonda? Yotgan yerida qo‘lga oldinglarmi? — U restoranga shu alpozda kirib bordi, doktor... — Ihi, ihi, — dedi doktor qanoat hosil qilib, — nega yuzi shilingan? Birov bilan urishdimi? — Devordan yiqilib tushipti, keyin restoranda bir odamni urdi... yana ba’zi birovlarni... — Ha, tushunarli, tushunarli, — dedi doktor, so‘ng Ivan tomonga o‘girilib dedi: — Salom! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling