Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
bo‘ldi, lekin bu ishi g‘irt bema’nilik bo‘lishiga, xayriyat, aqli yetdi... Chunki Grunyada hech qanday 
piramidon yo‘q edi, albatta. Keyin Berliozni yordamga chaqirmoqchi bo‘lib ko‘rdi, ikki marta zo‘rg‘a: 
«Misha... Misha...» — deb ingradi, lekin, o‘zingiz yaxshi tushuiasiz, hech qanday javob bo‘lmadi. 
Kvartira suv quygandek jim-jit edi. 
Styopa oyoq barmoqlarini qimirlatib ko‘rib, paypog‘ini yechmay yotganligini bildi, u egnida kiyimi 
bor yo yo‘qligini aniqlash uchun titroq qo‘lini yonboshiga yubordi, lekin hech nimani aniqlay olmadi. 
Nihoyat, u o‘zining yolg‘iz va qarovsiz ekanligini, hech kim unga yordam qilmasligini bilgach, 
qanchalik qiynalib bo‘lsa ham, o‘rnidan turishga ahd qildi. 
Styopa yopishib qolgan qovokdarini zo‘r-bazo‘r ochib, toshoynada sochlari har tomonga 
tarvaqaylagan, hammayog‘ini tuk bosib ketgan, basharasi shishib, ko‘zlari yumilib qolgan, egnida 
isqirt ko‘ylak, ichki ishton, bo‘ynida galstuk, oyog‘ida paypoq bo‘lgan bir odamning aksini ko‘rdi. 
U o‘zini toshoynada shunday qiyofada ko‘rgan edi, ko‘zgu yonida esa egniga qora libos, boshiga 
qora beret kiygan notanish bir odam turardi. 
Styopa o‘rnidan turib o‘tirdi va qon quyilgan ko‘zlarini imkoni boricha kattaroq ochib notanish 
odamga tikildi. 
Shu notanish odam ajnabiylarga xos talaffuz bilan bo‘g‘iq va vazmin ovozda sukutni buzdi: 
— Salom, dunyoda eng yoqimtoy inson Stepan Bogdanovich! 
Styopa butun kuchini ishga solib, bir oz sukutdan so‘ng zo‘rg‘a: 
— Nima istaysiz mendan? — deb gap boshlagan edi, o‘z ovozini taniy olmay hang-mang bo‘lib 
qoldi. «Nima» so‘zi chiyillab, «istaysiz» so‘zi — do‘rillab chiqdi, «mendan» so‘zi esa ichida qolib 
ketdi. 
Begona odam do‘stona jilmayib qo‘yib, qopqog‘ida uch burchak shaklli olmosi bo‘lgan kattakon 
oltin soatini qo‘liga oldi, soat o‘n bir marta zang chaddi. 
— Soat o‘n bir! — dedi u. — Rosa bir soatdan beri uyg‘onishingizni kutib turibman, zero, siz meni 
uyingizda soat o‘nda kutmoqchi edingiz. Mana keldim! 
Styopa qo‘li bilan paypaslab, karavot yonida turgan stuldan shimini topdi va: 
— Afv etasiz... — deb pichirlab shimni kiyvoldi, so‘ng hirqiroq ovoz bilan so‘radi: — Iltimos, 
familiyangizni aytsangiz! 
U gapirishga qiynalardi. Har bitta so‘zni aytganida kimdir uning miyasiga igna sanchib, uni 
jahannam azobiga solayotganday bo‘lardi: 
— Ie! Hali familiyamniyam unutib qo‘ydingizmi? — deb begona odam jilmaydi. 
— Kechirasiz... — deb xirilladi karaxtlikning yangi alomatlari vujudga kelayotganini his qila 
boshlagan Styopa; uning nazarida, oyog‘i ostidagi pol birdan g‘oyib bo‘lganday va shu topdayoq 
jahannam qa’riga mukkasi bilan sho‘ng‘ib ketadigandek bo‘lib tuyuldi. 
— Azizim Stepan Bogdanovich, — deb gap boshladi sezgir mehmon jilmayib, — hech qanaqa 
piramidon naf bermaydi sizga. Siz ko‘hna taomilga amal qiling, ya’ni achchiqni achchiq kesadi 
qabilida ish ko‘ring. Hozir sizni hushingizga keltiradigan yagona davo ikki qultum araq bilan achchiq 
va qaynoq gazak. 
Styopa ayyor odam edi, shu bois, og‘ir betob bo‘lishiga qaramay, baski ahvolimga shohid 
bo‘lishgan ekan, hammasini tan olishim kerak, deb mulohaza qiddi. 
— Ochig‘i, — dedi u zo‘rg‘a tili aylanib, — kecha men qittay... 
— Bo‘ldi, bo‘ldi, hammasi tushunarli! — dedi mehmon va o‘zi o‘tirgan kreslo bilan birga bir 
chetga surildi. 
Shunda Styopa kichkinagina stolchada yasatig‘liq patnisni ko‘rib baqrayib qoldi: patnisda kesilgan 
oq non, likopchada qora ikra, tarelkada qo‘ziqorin ochori, yana kastryulchadayam bir nima bor edi, 
bundan tashqari, zargar bevasining qorindor grafinida araq qo‘yilgan edi. Hammadan ham grafinning 
sovukdan terlaganligi Styopani ko‘proq taajjubda qoldirdi. Lekin buning sababi ma’lum edi: grafin 
muz to‘ldirilgan chinni tog‘orachaga o‘rnatilgan edi. Qisqasi, dasturxon badastir, ozoda qilib tuzalgan 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling