Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
so‘rashga? 
— Ha! — telefon trubkasida Rimskiyning dag‘al va xunuk ovozi eshitildi. 
— Salom, Grigoriy Danilovich, — ohista gap boshladi Styopa, — Lixodeevman. Gap bunday... 
hm... hm... haligi... e... artist Voland keluvdi uyimga... Haligi... sizdan so‘ramoqchiydim, bugun 
kechqurungi spektakl masalasi qanday ahvolda?.. 
— Ha-a, sehrgarmi? — Rimskiyning ovozi eshitildi trubkada. — Afishalarni hozir olib kelishadi. 
— Aha, — zaif ovoz bilan dedi Styopa, — xo‘p, ko‘rishguncha... 
— O‘zingiz qachon kelasiz? — so‘radi Rimskiy. 
— Yarim soatda boraman, — javob qildi Styopa va trubkani ilib qo‘yib, cho‘g‘dek qizigan boshini 
ikki qo‘li bilan siqdi. Voy, qanday ko‘ngilsizlik yuz berayozgan ekan-a! Xotiramga nima bo‘ldi o‘zi, 
grajdanlar? A? 
Biroq dahlizda ortiq turib qolish noqulay edi, shu bois Styopa darhol bunday reja tuzdi: qanday 
qilib bo‘lmasin, o‘zining faromushxotirligini mehmonga sezdirmasligi kerak, hozir esa birinchi 
navbatda, ajnabiy professordan, bugun kechqurun Styopaning qo‘l ostidagi Varete teatrida, xususan, 
nimalarni namoyish qilmoqchi ekanligini ustalik bilan surishtirib bilib olishi kerak. 
Shunday reja bilan Styopa telefon apparatidan o‘grildi, o‘grildi-yu shu dahlizda turgan, ishyoqmas 
Grunya ko‘pdan changini artmagan katta ko‘zguda ko‘ziga pepsne taqqan, bo‘yi terakday keladigan 
antiqa bir nusxani aniq ko‘rdi (o, qaniydi hozir bu yerda Ivan Nikolaevich bo‘lsa! U bir qarashda 
tanigan bo‘lardi bu nusxani!). Nusxa esa ko‘zguda bir ko‘rindiyu g‘oyib bo‘ldi. Cho‘chib ketgai 
Styopa dahlizga yanayam tikilibroq qaradi va hayajondan ikkinchi marta gandiraklab ket-di, chunki 
ko‘zguda kattakon qora mushuk yurib o‘tib, g‘oyib bo‘lgan edi. 
Styoianing yuragi orqasiga tortib, gandiraklab ketdi. 
«Nimalar bo‘lyapti o‘zi? — o‘yladi u. — Esimdan og‘yapman chog‘i? Qayoqdan paydo bo‘ldi o‘zi 
ko‘zgudagi akslar?!» — U dahlizga ko‘z yugurtirib chiqdi va ko‘rqib ketib baqirib yubordi: 
— Grunya! Qanaqa mushuk sang‘ib yuripti bu yerda? Qayokdan kelib qoldi? U bilan birga yana 
allakim ham yuriptimi? 
— Aslo bezovta bo‘lmang, Stepan Bogdanovich, — degan ovoz eshitiddi, lekin bu Grunyaning 
emas, balki yetoqxonada o‘tirgan mehmonning ovozi edi, — u mening mushugim. Hech aziyat 
chekmang. Grunya uyda yo‘q, men uni vatani Voronejga jo‘natib yubordim, negaki, shikoyat 
qilishicha, ko‘pdan beri unga otpusk bermagan ekansiz. 
Bu so‘zlar shu qadar tasodifiy va tuturiqsiz ediki, Styopa, yanglish eshitdim, deb faraz qildi. U 
tamomila esankiragan holda yotoqxona tomon yugurdi-yu, xona eshigida dong qotib qoldi. Sochlari 
g‘imirlab gikkaya boshladi, peshonasida mayda-mayda ter tomchilari paydo bo‘ldi. 
Qay ko‘z bilan ko‘rsinki, xonada mehmon yolg‘iz emas, balki ulfatlari ham bor edi. Ikkinchi 
kresloda, hozirgina dahlizda «lip» etib ko‘ziga ko‘ringan o‘sha nusxa o‘tirardi. Endi u aniq ko‘zga 
tashlanardi: mo‘ylovi patsimon, pensnening bir ko‘zidagi shisha yaltillar, ikkinchi ko‘zida shisha yo‘q 
edi. Bu ham hali baharnav: zargar bevasining yumshoq kursisida uchinchi bir jonzod, ya’ni — bir 
panjasiga araq to‘ldirilgan qadah, ikkinchi panjasiga ziravorli qo‘ziqorin ilingan sanchqi ushlagan 
bahaybat gavdali bir qora mushuk betakalluf yalpayib o‘tirardi. 
Bu xonadagi shundoq ham xira yonadigan chiroq Styopaning ko‘zi oldida so‘na boshladi. «Odam 
mana shunaqa jinni bo‘larkan-da!» — deb o‘yladi u eshik ke-sakisidan ushlab. 
— Nazarimda, sal hayron bo‘lganga o‘xshaysizmi, azizim Stepan Bogdanovich? — deb so‘radi 
Voland tishlari tinmay takillayotgan Styopadan. — Holbuki, buning hech ajablanadigan yeri yo‘q. 
Bular mening mulozimlarim. 
Bu payt mushuk araqni ichib yubordi, Styopaning kesaki ushlagan qo‘li sirpanib tusha boshladi. 
— Xullas, mulozimlarimga joy kerak, — deb gapida davom etdi Voland, — binobarin, ichimizda 
kimdir bu kvartirada ortiqcha. Mening fikrimcha, o‘sha ortiqcha odam — aynan sizsiz! 
— Shular, shular! — dedi takaga o‘xshab ma’rab katak shimli daroz odam Styopa haqida ko‘plik 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling