Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
51 esladi. Esladiyu, ketma-ket esiga Berliozning o‘limi tushdi, lekin bu xotira endi uni kechagichalik qattiq iztirobga solmadi. Miriqib uxlagan Ivan Nikolaevich endi o‘zini ancha bosib olgan, mulohazalari ham ravonlashgan edi. U chinniday toza, yumshoq va orombaxsh prujinali karavotda ancha vaqtgacha qimir etmay yotdi, shunda ko‘zi yonboshidagi qo‘ng‘iroq tugmasiga tushdi. Kerak bo‘lsa-bo‘lmasa, har narsaga qo‘l uraveradigan qitmir Ivan tugmani bosdi. U biron nimaning chalinishini yoki biron kishining kirib kelishini kutgan edi, lekin butunlay boshqacha hol yuz berdi. Ivan yotgan karavotning oyoq tomonida sirlangan tsilindr chiroq yonib, unda: «Suv» degan yozuv paydo bo‘ldi. Bir ozdan keyin tsilindr aylana boshladi va oxiri unda: «Nyanya» degan yozuv paydo bo‘ldi. Turgan gapki, bu antiqa tsilindr Ivanning og‘zini ochirib qo‘ydi. Keyin «Nyanya» yozuvi «Doktorni chaqiring» degan yozuv bilan almashdi. — Hm... — deb qo‘ydi Ivan, endi buyog‘iga nima qilishini bilolmay. Lekin shu choq tasodifan ishi o‘ngidan kelib qoldi: «Feldsher ayol» degan so‘z chiqishi bilan u tugmani ikkinchi marta bosdi. Silindr ohista jingillab, aylanishdan to‘xtadi, chirog‘i o‘chdi va xonaga top-toza oq xalat kiygan, miqqidakkina, istarasi issiq bir ayol kirdi. — Xayrli kun! — deb salomlashdi u Ivan bilan. Ivan javob qaytarmadi, chunki hozirgi vaziyatda bunday salomlashishni o‘rinsiz deb topdi. Rostda axir, soppa-sog‘ odamni shifoxonaga tiqib qo‘yishsa, yana buning ustiga, o‘zlarini go‘yo savob ish qilganday tutishsa — buning nimasi xayrli? Bu asnoda ayol chehrasidagi muloyim jilvani saqlagan holda, bir tugmani bosib, deraza pardasini yuqoriga chiqarib yubordi. Shunda to polgacha tushib borgan jimjimador, yengil panjara orqali xonaga quyosh nuri yog‘ildi. Panjara ortida balkon, undan narida esa ilonday to‘lg‘anib oqayotgan daryo, daryoning narigi sohilida — shimolda mavjlanib turgan qarag‘ayzor ko‘rindi. — Vannaga marhamat qiling, — dedi ayol, so‘ng uning bir qo‘l harakati bilan ichki devor chetga surildi-yu, vannaxona va juda chiroyli jihozlangan hojatxona paydo bo‘ldi. Garchi Ivan bu ayol bilan gaplashmaslikka axd qilgan bo‘lsa ham, yaraqlagan jo‘mrakdan vannaga sharillab suv oqayotganini ko‘rib, tilini tiya olmay, kinoya bilan dedi: — Buni qara-ya! Xuddi «Metropol» deysan! — E, yo‘q, — faxrlanib dedi ayol, — undan ham yaxshiroq. Bu yerdagi uskuna-jihozlar chet elda ham topilmaydi. Atayin shifoxonamizni ko‘rgani olimlaru vrachlar kelib turishadi. Bu yerda har kuni chet ellik turistlar bo‘lishadi. Ivan «chet ellik turistlar» so‘zini eshitgan hamonoq kechagi konsultantni esladi. Kayfi buzilib, xo‘mraygancha so‘radi: — Chet ellik turistlar... Muncha yaxshi ko‘rmasangizlar o‘sha chet ellik turistlarni? Men sizga aytsam, ular orasida har xil odamlar bo‘ladi. Masalan, kecha men bitta shunaqasi bilan tanishdimki, asti qo‘yaverasiz! Shunday deb turib, sal bo‘lmasa Pontiy Pilat haqida gapirib yuboray dedi-yu, lekin gapini bu ayol uchun hech qanday hojati yo‘qligini, baribir undan hech qanday yordam kutib bo‘lmasligini tushunib, tilini tiydi. Cho‘miltirilgan Ivan Nikolaevichga vannadan chikdan erkak kishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsa: dazmollangan ko‘ylak, ichki ishton, paypoq berildi. Bulardan tashqari, yana boyagi ayol shkaf eshigini ochib, quli bilan ishora qilib so‘radi: — Ustingizga nima kiyishni xohlaysiz — xalatmi yo pijamami? Bu yangi yotoqqa zo‘rlab joylashtirilgan Ivan ayolning andishasizligidan hang-mang bo‘lib, indamay barmog‘i bilan qip-qizil paxmoq pijamaga ishora qildi. Shundan keyin Ivan Nikolaevichni bo‘m-bo‘sh, sokin koridordan boshlab borib, judayam kattakon bir kabinetga olib kirdilar. Hayratomuz jihozlangan bu binodagi hamma narsaga istehzo bilan qarashga ahd qilgan Ivan kabinetiga kirgan hamonoq unga «oshxona-fabrika» deb nom qo‘ydi. Buning sababi bor edi. Bu yerda ancha-muncha shkaflar, nikellangan yaltiroq asboblar qo‘yilgan oynavand shkafchalar tizilib turardi. Nihoyatda murakkab mos-lamali kreslolar, soyaboni yaltiroq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling