Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
52 qandaydir yapasqi chiroqlar, son-sanoqsiz shisha idishlar, gaz bilan yonuvchi gorelkalaru elektr simlariyu mutlaqo notanish bo‘lgan uskunalar bor edi bu kabinetda. Bu yerda oq xalat kiygan uch kishi (ikki ayol va bir erkak) Ivan bilan shug‘ullana boshladi. Birinchi navbatda, Ivandan ba’zi narsalarni so‘rab bilib olish maqsadida uni burchakdagi stol oldiga boshlab borishdi. Ivan vaziyatni mulohaza qila boshladi. Uning uchun uchta yo‘l bor edi. Birinchi yo‘l: mana shu lampalaru ohanjamali buyumlarga tashlanib, hammasini chil-chil sindirib, bu yerda uni nohaq ushlab turishganiga shu tarzda norozilik bildirish edi — bu usul uni qattiq vasvasaga solayotgan edi. Biroq bugungi Ivan kechagi Ivandan anchagina farq qilardi, shunga ko‘ra bu birinchi yo‘l unga ancha shubhali ko‘rindi: xudo ko‘rsatma-sin, tag‘in anavilar quturgan jinni degan xayolga borishsa-ya. Shuning uchun Ivan birinchi yo‘lni rad etdi. Ikkinchi yo‘l ham bor edi: hoziroq konsultant va Pontiy Pilat haqida hikoya qilish kerak. Ammo kechagi tajribadan ma’lum bo‘ldiki, yo uning gaplariga ishonishmayapti, yo bo‘lmasa hikoyasini teskari ma’noda tushunishyapti. Shuning uchun Ivan bu yo‘ldan ham voz kechib, uchinchi yo‘lni, ya’ni mag‘rurona sukut saqlab, «o‘z qobig‘iga o‘ralib olishni» ma’qul ko‘rdi. Ammo bu axdini to‘la amalga oshira olmadi, xohlasa-xohlamasa, bir qator savollarga uzoq-yuluk, bo‘lsa ham javob berishiga to‘g‘ri keldi. Oqibat, Ivandan uning o‘tmishi haqida, hattoki taxminan o‘n besh yil burun qizilcha kasali bilan qay faslda va qanday og‘riganigacha surishtirib bilib olishdi. Ivanning javoblaridan anketaning butun bir sahifasi to‘lib, ikkinchi sahifaga o‘tildi, endi oq xalat kiygan ayol Ivanning qarindosh-urug‘lari to‘g‘risida surishtira boshladi. Xullas, tuturiqsiz ezmalik boshlandi: qarindoshlardan kimlar o‘lgan, qachon va nimadan o‘lgan, icharmidi, tanosil kasali bilan og‘rimaganmidi, hokazo va hokazo savollar. Savollar tugagach, kecha Patriarx ko‘lida sodir bo‘lgan voqeani so‘zlab berishni iltimos qilishdi, lekin uncha zo‘rlashmadi, Pontiy Pilat to‘g‘risida aytgan gapiga ajablanishmadi ham. Shundan keyin Ivan ayoldan qutulib, erkak ixtiyoriga o‘tdi, u Ivan bilan boshqacha usulda muloqot qildi, undan hech nima to‘g‘risida so‘ramadi. U Ivanning haroratini o‘lchadi, tomirini ko‘rdi, allaqanday chiroq shu’lasini yo‘naltirib, ko‘zlarini tekshirdi. Keyin bu erkakka boshqa ayol yordamga keldi va Ivanning ikki kuragi orasiga bir nima bilan og‘riqsiz ukol qilishdi, ko‘kragiga bolg‘achaning dastasi bilan allaqanday belgilar chizishdi, bolg‘acha bilan uning gizzalariga urib ko‘rishgan edi, oyog‘i dik-dik sakrab ketdi, barmog‘idan qon olishdi, tirsagiga ukol qilishdi, qo‘llariga qandaydir rezina halqalar kiydirishdi. Ivan bularning hammasini achchiq istehzo bilan kuzatarkan, hech kurakda turmaydigan ishlar sodir bo‘lgani haqida o‘ylardi. Tavba! Odamlarni anavi be-gona konsultantning xatarli nayranglaridan ogoohlantirmoqchi, uni shaxsan o‘zi qo‘lga tushirmoqchi edi, ammo buning o‘rniga o‘zi allaqanday sirli kabinetga tushib, Vologdada yashovchi piyanista Fyodor amakisi haqida qayoqdagi tuturiqsiz gaplarni hikoya kilib o‘tiripti. O‘taketgan bema’nilik! Nihoyat Ivanning ketishiga ijozat berishdi. Uni yana o‘z xonasiga kuzatib qo‘yishdi, so‘ng nonushtaga bir chashka qahva, ikkita ilitilgan tuxum va moy surtilgan oq non berishdi. Ivan ovqatning hammasini yeb, ichib bo‘lib, bu mahkamaning eng katta rahbarini kutishga, o‘sha rahbarning e’tiborini qozonishga, undan adolat talab qilishga ahd qildi. Darhaqiqat, nonushtadan keyin xiyol o‘tar-o‘tmas u kutgan katta boshliq bilan uchrashdi. Ivan joylashgan xonaning eshigi birdan ochilib, oq xalat kiygan odamlar kirib kelishdi. Hammadan oldinda soqoli hafsala bilan olingan, qirq besh yoshlardagi xushsurat, ammo ko‘zlari judayam o‘tkir, muloyim tabiat bir odam kelardi. Qolganlarning hammasi unga siporish qilishar, e’zozlashardi, shu bois uning bu xonaga tashrifi tantanavor bo‘ldi. «Naq Pontiy Pilat!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Ivan. Ha, shubhasiz, bu odam rahbar edi. U kursiga o‘tirdi, qolganlar tik turaverishdi. — Doktor Stravinskiy, — deb o‘zini tanitdi kursiga o‘tirgan kishi va Ivanning chehrasiga do‘stona boqdi. — Mana, Aleksandr Nikolaevich, — dedi soqoli sarishta kuzalgan bir odam past ovoz bilan va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling