Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
50 sonda gapirarkan. — Umuman, ular keyingi paytda ko‘p ifloslik qila boshladilar. Ichkilikbozlik, xotinbozlik bilan shug‘ullanyaptilar, o‘z mavqelaridan foydalanib ishlariga qo‘l urmay qo‘ydilar, to‘g‘risi, qo‘llaridan hech qanaqa ish kelmaydi o‘zi, chunki zimmalariga yuklangan ishga tariqcha ham tushunmaydilar. Rahbarlarni laqillatib kelmokdalar! — Davlat mashinasini bekordai-bekorga zir yugurtiradi! — dedi qo‘ziqorin kavshab o‘tirgan mushuk ham chaqmachaqarlik qilib. Shunda kvartirada to‘rtinchi va oxirgi mo‘‘jiza sodir bo‘ldi-yu, sirg‘alib tushib yerga o‘tirib qolgan Styopa jonsiz qo‘li bilan kesakini timdalay boshladi. Kotelok shlyapa kiygan, so‘yloq tishlari og‘zidan chiqib, shundoq ham o‘ta jirkapch basharasini battar badbashara qilib yuborgan, pak-pakana bo‘lishiga qaramay, yelkalari nihoyatda keng, sochi rangidagi bir malla maxluq to‘g‘ri toshoyna ko‘zgusidan chiqib keldi. — Men, — deb gapga aralashdi bu malla, — buning qanday qilib direktor bo‘lib qolganiga hech tushunolmayapman, — u gapirgan sari ko‘proq manqalanardi, — men qanday arxierey bo‘lsam, u ham shunday direktor! — Sen arxiereyga o‘xshamaysan, Azazello, — dedi mushuk tarelkasiga sosiska olib solarkan. — Menam shuni aytyapman-da, — dedi malla ping‘illab va Voland tomonga o‘girilib ehtirom bilan ilova qildi: — Ruxsat eting, messir, uni Moskvadan biron olis xilvatgohga uloqtirib yuboray? Mushuk tuklarini hurpaytirib: — Pisht! — deb baqirdi. Shunda yotoqxona Styopa atrofida gir-gir aylana boshladi-yu, u boshi bilan kesakiga urildi va hushidan ketarkan: «O‘lyapman...» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi. Lekin u o‘lgani yo‘q. Ko‘zini xiyolgina ochib, o‘zini toshga o‘xshash qandaydir bir narsa ustida ko‘rdi. Uning atrofida nimadir shovullardi. Keyin u ko‘zlarini katta ochib, shovullayotgan dengizni ko‘rdi, shovullagandayam to‘lqinlar shundoqqina uning oyog‘i ostiga kelib chil-chil urilardi, qisqasi, u to‘lqin qaytargichning eng chetida o‘tirar, poyida dengiz mavjlanar, orqasida esa do‘nglikda go‘zal shahar qad ko‘targan edi. Bunday hollarda o‘zini qanday tugishni bilmagan Styopa oyoqlari dag‘-dag‘ qaltirab to‘lqin qaytargich bo‘ylab qirg‘oq tomon yo‘l oldi. Yo‘lida bir odam turardi, u papiros chekar va dam-badam dengizga tupurardi. U odam Styopaga o‘qrayib qarab, tupurishdan to‘xtadi. Shunda Styopa qovun tushirdi: shu notanish kashanda qarshisida tiz cho‘kib, bunday dedi: — Yolborib so‘rayman sizdan: bu qaysi shahar o‘zi? — Qoyil-e! — dedi beshafqat kashanda. — Men mast emasman, — dedi hirqiroq ovoz bilan Styopa. — Men betobman, menga bir nima bo‘ldi, kasal bo‘lib qoldim... Qaerdaman? Bu qaysi shahar?.. — Yalta-ku... Styopa ohista xo‘rsindi, yonboshiga qulab tushdi-yu, boshi oftobda qizigan toshga urildi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling