Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
47 edi. Begona odam Styopa hayratining avj olib, eng yuqori pardaga chiqishiga imkon bermay, epchillik bilan unga yarim qadah araq quydi. — O‘zingiz-chi? — deb chiyilladi Styopa. — Bajonu dil!! Styopa qaltiroq qo‘li bilan qadahni og‘ziga olib bordi, mehmon esa o‘z qadahidagi araqni bir qultum qilib yutib yubordi. Styopa ikra kavshab, gazak qilarkan, qiynalib zo‘rg‘a dedi: — Siz-chi?.. Gazakdan? — Minnatdorman, men hech qachon gazak qilmayman, — dedi begona odam va qadahlarga yana araq quydi. Kastryulning qopqog‘ini ochishdi — unda tomatga solingan sosiska bor edi. Mana, oxiri Styopaning ko‘z oldini to‘sgan la’nati yashil rang g‘oyib bo‘lib, tili kalimaga kela boshladi, eng muhimi, ba’zi bir narsalar uning esiga tushdi. Darhaqiqat, voqea kuni kecha Sxodnyada, sketchnavis Xustovning dala hovlisida bo‘lgan edi. Styopani u yerga o‘sha Xustovning o‘zi taksida olib borgan edi. Hatto o‘sha taksini «Metropol» oldida qanday yollashgani ham esiga tushdi, ular bilan birga yana qandaydir bir aktyor ham bormidiey... patefon ko‘tarib olgan. Ha, ha, to‘g‘ri, dala hovlida bo‘lgan edi bu! Yana esida, patefon ovoziga jo‘r bo‘lib itlar uv tortishgandi. Lekin Styopa o‘pmoqchi bo‘lgan xonim mavhumligicha qoldi... Tavba, kim bo‘ldiykin-a... radioda ishlaydi shekilli, ehtimol undaymasdir. Shu tariqa kechagi kun oz-ozdan oydinlasha boshladi, lekin hozir Styopani ko‘proq bugungi kun, xususan, bu notanish odamning qanday qilib u yotgan xonaga kirib qolgani, yana araq bilan gazakning qaerdan kelgani qiziqtirayotgan edi. Ana shu masalani aniqlab olsa yomon bo‘lmasdi-da! — Xo‘sh, qalay, endi eslagan bo‘lsangiz kerak familiyamni? Lekin Styopa xijolat bo‘lib tirjaydi va qo‘llarini yoydi. — Afsus! Sezib turibman, siz arakdan keyin portveyn ichibsiz! Axir bu yaxshi emas-ku, taqsirim! — Iltimos qilaman sizdan, shu gap o‘rtamizda qolsa... — dedi xushomad bilan Styopa. — O, albatta, albatta! Lekin turgan gapki, Xustov uchun kafolat bera olmayman. — Ie, siz Xustovni taniysizmi? — Kecha sizning kabinetingizda ko‘zim tushgan edi o‘sha nusxaga. Uning maraz, fitnachi, munofiq va laganbardor ekanligini tushunish uchun bir marta unga ko‘z qirini tashlashning o‘zi kifoya. «Juda to‘g‘ri gapirdi!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Styopa, Xustovga berilgan bunday to‘g‘ri, aniq va lo‘nda ta’rifdan hayratga kelib. Ha, kechagi kun bo‘lak-bo‘lak xotiralardan tiklanayotgan edi, lekin shunda ham Varete direktori hamon bezovta edi. Negaki, mana shu kechagi kun xotiralarida ulkan qora o‘ra mavjud edi. Ya’ni mana shu beret kiygan notanish odamni, nima deb o‘ylasangiz ham, Styopa kecha o‘z kabinetida mutlaqo ko‘rmagan edi. Styopaning mushkul ahvolga tushib qolgaiini ko‘rgan mehmon jiddiy tarzda: — Sehrgarlik professori Voland, — deb o‘zini tanitdi va yuz bergan voqeani bir boshdan hikoya qilib berdi. Uning gapiga qaraganda, u Moskvaga chet eldan kecha kunduzi kelgan, kelgan zahoti Styopaning huzuriga borib, Varete teatrida gastrol berishni taklif qilgan. Styopa Moskva oblastining tomoshaxonalar bo‘yicha komissiyasiga telefon qilib, bu masalani kelishib olgan (Styopaning quti uchib, ko‘zlari pirillay boshladi), professor Voland bilan yetti kunlik tomoshaga tuzilgan shartnomaga imzo chekkan (Styopaning og‘zi lang ochilib qoldi), tomoshaning ayrim tafsi-lotlarini kelishib olish uchun Volandni bugun ertalab soat o‘nga uyiga taklif qilgan... Mana, Voland uning huzurida! U kelib uy xodimasi Grunyani uchratipti, xodima o‘zining kunda qatnab ishlashini, hozirgina kelib turganini, Berlioznipg uyda yo‘kdigini aytib, agar siz, mehmon, Stepan Bogdanovichni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, to‘g‘ri yotoqxonasiga kiravering, negaki Stepan Bogdanovichning uyqusi juda qattiq, uni uyg‘otishga qurbim yetmaydi, deb aytipti. Artist Stepan Bogdanovichning qanday ahvolda yotganini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling