Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
48 ko‘ribdi-yu, darhol Grunyani shu o‘rtadagi gastronomdan araq bilan gazak, aptekadan muz olib kelishga yuboribdi, endi mana... — Unda hisob-kitob qilaylik, — deb g‘ingshidi kayfiyati buzilgan Styopa va hamyonini axtara boshladi. — Be, qo‘ysangiz-chi! — dedi gastrolyor bu to‘g‘rida eshitishni ham istamay. Demak, araq bilan gazak tushunarli, lekin baribir Styopa ayanchli ahvolda edi: u shartnoma to‘g‘risida mutlaqo hech nima eslay olmas, bu Voland deganini kecha zinhor-bazinhor ko‘rmagan edi. To‘g‘ri, Xustov borgan edi huzuriga, lekin Voland yo‘q edi. — Ijozatingiz bilan shartnomani bir ko‘rsam, — ohista iltimos qildi Styopa. — Marhamat, bemalol... Styopa qog‘ozga qaradi-yu, tarashadek qotib qoldi. Hammasi to‘g‘ri edi. Birinchidai, Styopaning o‘z qo‘li bilan qo‘ygan jimjimador imzosi! Xujjatning yon tomoniga moliya direktori Rimskiyning, artist Volandga bo‘lg‘usi yetti tomoshasi uchun beriladigan o‘ttiz besh ming so‘m yuzasidan o‘n ming so‘m avans berilsin, deb yotiq harflar bilan yozgan dastxati. Buning ustiga ustak: shu yerda Volandning o‘sha o‘n ming so‘mni olgani haqida tilxati bor edi! «Nimalar bo‘lyapti o‘zi?! — deb o‘yladi bechora Styopa, uning boshi aylanib ketdi. Xotirasida dahshatli o‘pirilishlar paydo bo‘layotgan edi! Lekin turgan gapki, shartnoma ko‘rsatilgandan keyin yana taajjublanish odobdan bo‘lmasdi. Styopa mehmonni bir daqiqaga yolg‘iz qoldirmoqchi bo‘lgani haqida uzr so‘radi-yu, telefon qilgani paypoqchan dahlizga yugurib chiqib ketdi. Yo‘lakay u oshxona tomonga qarab — Grunya! — deb chaqirdi. Lekin hech qanday javob bo‘lmadi. Shunda u Berliozning dahliz yonidagi kabineti eshigiga ko‘zi tushdi, ko‘rdiyu dong qotib qoldi. Eshikning tutqichiga bog‘langan kanopda kattakon surg‘uch muhr osilgan edi. «Apa xolos! — deb baqirvordi Styopaning miyasida o‘tirgan kimdir. — Bir kami endi shu edi!» Shunda hayol Styopani allaqayoqlarga, ammo oqibati halokat bilan yakunlanuvchi bir tomonga yo‘nalgan ikki iz ustidan g‘izillatib olib ketdi. Uning miyasidagi o‘ylar shu qadar omixta bo‘lib ketgan ediki, hatto buni tasvirlash ham mahol. Qora beret, muzdek araq va aql bovar kilmaydigan shartnomaga daxldor ishkalliklar yetmaganday, eshikning muhrlangani ortiqcha! Ya’ni Berlioz biron ayb qilib qo‘yganga o‘xshaydi deb gapirsangiz, hech kim ishonmaydi, azbaroyi xudo, hech kim ishonmaydi! Lekin ana, eshigi muhrlangan! Tavba... Lksiga yurib, Stspaning miyasida shu topda jurnalda chop qildirish uchun yaqinda Mixail Aleksandrovich unga tutqazgan o‘z maqolasi haqida eng noxush fikrlar g‘ujg‘on o‘ynay boshladi. Maqola ham, ochig‘i,bema’ni edi! Undan foyda ham yo‘q edi, puli ham — arzimagan pul edi... Maqola haqidagi o‘ylari ketidan izma-iz uning Mixail Aleksandrovich bilan qilgan ilmoqli suhbati esiga tushdi (agar yanglishmasa, bu yigirma to‘rtinchi aprel kechqurun shu yerda, yemakxonada bo‘lgan edi). To‘g‘ri, o‘sha suhbatni tom ma’noda ilmoqli, shubhali deb bo‘lmasdi albatta (Styopa unaqa suhbatga aslo ara-lashmagan bo‘lardi), lekin keraksiz bir mavzudagi suhbat edi. Bu suhbatni qo‘zg‘amasa ham hech nima bo‘lmasdi, grajdanlar. Shak-shubhasiz, agar eshik muhrlanmaganida, u suhbatni mutlaqo tuturiqsiz narsa deb hisoblash mumkin edi, lekin muhrlangandan keyin qandoq bo‘larkin... «E, Berlioz, Berlioz! — deb ko‘nglidan o‘tkazdi xunobi chiqa boshlagan Styopa. — Axir bu hech aqlga sig‘maydi-ku!» Lekin uzoq vaqt qayg‘urishga imkon bo‘lmadi, Styopa Varetening moliya direktori Rimskiyning kabinetiga qo‘ng‘iroq qildi. Styopa juda qaltis ahvolga tushib qolgan edi: avvalambor Styopaning, shartnomani o‘z ko‘zi bilan ko‘rganidan keyin ham ishonmay tekshira boshlaganidan ajnabiy artist ranjishi mumkin edi, undan keyin, moliya direktori bilan ham bu haqda gap boshlash nihoyatda mushkul edi. Darhaqiqat, axir undan: «Ayting-chi, kecha men sehrgarlik professori bilan o‘ttiz besh ming so‘mga shartnoma tuzganmidim?» — deb so‘ray olmasdi-ku! Qanday tili borsin bunday deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling