Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
— Aha, — dedi vrach, — nimaga shoshilgandingiz? Biron ish yuzasidan uchrashuvingiz bormidi? 
— Konsultantni qidirib yuribman, — javob qildi Ivan Nikolaevich va bezovtalanib olazarak bo‘ldi. 
— Qanaqa konsultantni? 
— Siz Berliozni bilasizmi? — so‘radi Ivan ma’nodor ohangda. 
— Haligi... kompozitornimi? Ivanning ta’bi tirriq bo‘ldi. 
— Qanaqa kompozitor? E, ha, yo‘q! yo‘q! Kompozitor — Misha Berlioz bilan familiyadosh! 
Ryuxinning gapirishdan hafsalasi pir bo‘lgan edi, ammo izoh berishiga to‘g‘ri keldi. 
— MASSOLIT sekretari Berliozni bugun kechqurun Patriarx ko‘li yaqinida tramvay bosib ketdi. 
— Bilmagan narsangni gapirma! — dedi Ivan Ryuxindan achchig‘lanib, — sen emas, men 
shohidman bunga! U Mishani ataylab tramvayga ro‘para qildi! 
— Itarib yubordimi? 
— Nega endi «itarib yuborarkan?» — dedi odamlarning befarosatligidan achchig‘i chiqqan Ivan, — 
uning uchun itarvorishning hech hojati yo‘q! Uning qo‘lidan shunaqangi nayranglar keladiki, ehtiyot 
bo‘lmasang, holing xarob! U Berliozning tramvay tagiga tushishini oldindan aytib bergan edi! 
— Sizdan boshqa yana hech kim ko‘rdimi o‘sha konsultantni? 
Hamma balo shunda-da, men bilan Berliozdan boshqa hech kim ko‘rgani yo‘q uni. 
— Hm. Xo‘sh, o‘sha qotilni qo‘lga olish uchun qanday choralar ko‘rdingiz? — shunday deb turib 
vrach bir chekkada, stol yonida o‘tirgan, oq xalat kiygan ayol to-monga o‘tirildi. Ayol bir varaq qog‘oz 
olib, uning bo‘sh grafalarini yozuv bilan to‘ldira boshladi. 
— Men ko‘rgan chorami? Oshxonadan sham olib oldim... 
— Manavinimi? — deb so‘radi vrach ayol oldida stolda qog‘oz ikona bilan yonma-yon yotgan
mayishib ketgan sham bo‘lagini ko‘rsatib. 
— Ha, shuni, keyin... 
— Ikona nimaga kerak bo‘lib qoldi? 
— Darvoqe, ikona... — Ivan qizarib ketdi, — hammadanam shu ikona ko‘proq cho‘chitib yubordi 
uni, — Ivan yana barmog‘i bilan Ryuxinga ishora qildi. — Gap shundaki, o‘sha konsultant, ochig‘ini 
aytadigan bo‘lsak... ins-jinslar bilan topishgan... uni osonlikcha qo‘lga olib bo‘lmaydi. 
Sanitarlar negadir Ivandan ko‘zlarini uzmagancha qo‘llarini yonlariga tushirib g‘oz turishardi. 
— Ha, shunaqa, — deb gapida davom etdi Ivan, — jinlar bilan topishgan. Bu dalilni aslo rad qilib 
bo‘lmaydi. U Pontiy Pilat bilan shaxsan suhbatlashgan ekan. E, bunaqa hayron bo‘lib qaramang 
menga! Gapim rost! Hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘ripti — rovonni ham, palmalarni ham. Xullas, u 
Pontiy Pilatning huzurida bo‘lgan, bunga men kafilman. 
— Xo‘sh, xo‘sh.... 
— Qisqasi, men qog‘oz ikonani ko‘kragimga qadadimu uni quvib ketdim.... 
Shu payt birdan soat ikkiga jom chaldi. 
— O‘h-ho‘! — deb yubordi Ivan divandan turarkan, — soat ikki bo‘liptiyu, men bo‘lsam sizlar 
bilan valaqlashib o‘tiribman! Kechirasiz, telefon qaerda? 
— Telefonga o‘tkazib yuboringlar, — deb buyurdi vrach sanitarlarga. 
Ivan bora solib trubkani qo‘liga oldi, bu payt sanitar ayol Ryuxindan ohista so‘radi: 
— Uylanganmi? 
— Bo‘ydoq, — qo‘rqa-pisa javob qildi Ryuxin. 
— Kasabachilar uyushmasi a’zosimi? -Ha. 
— Militsiyami? — deb baqirdi bu payt Ivap trubkaga, — militsiyami? O‘rtoq navbatchi, darhol 
buyruq bering, ajnabiy konsultantni tutish uchun pulemyot o‘rnatilgan beshta mototsiklet yuborishsin. 
Nima? Kelib meni olib keting, o‘zim sizlar bilan boraman... Menmi? Shoir Bezdomniyman, 
jinnixonadan gapir-yapman... Manzilinglar qanaqa? — pichirlab so‘radi u doktordan telefon trubkasini 
kafti bilan bosib turib, keyin yana trubkaga qichqirib gapira boshladi: — Eshityapsizmi? Allo!.. 
Yaramaslar! — birdan baqirib yubordi Ivan va trubkani devorga uloqtirdi. Keyii u vrach tomonga 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling