Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
o‘girildi-da, unga qo‘lini cho‘zib, quruqqina «xayr» dediyu ketmoqchi bo‘ldi. 
Kechirasiz, qayoqqa ketmoqchisiz shu ichki kiyimda? — dedi vrach Ivanning ko‘zlariga 
tikilgancha, — vaqt yarim kechadan oqqan bo‘lsa... Siz o‘zingizni noxush sezyapsiz, yaxshisi, shu 
yerda qolib dam oling! 
— O‘tkazib yuboring, — dedi Ivan eshik oldini g‘ov bo‘lib to‘sib turgan sanitarlarga. — Yo‘l 
berasizlarmi, yo yo‘qmi? — dahshat bilan baqirdi shoir. 
Ryuxinni titroq bosdi, ayol oldidagi knopkani bosgan edi, oynavand stol ustida yaltiroq quticha 
bilap ampula paydo bo‘ldi. 
— Xali shunaqami? — dedi Ivan vahshiyona ko‘zlari alang-jalang bo‘lib, — ha, yaxshi! Xayr 
bo‘lma-sa... — u parda bilan to‘silgan derazaga kalla qo‘ydi. «Gurs» etgan tovush eshitildi, parda 
orqasidagi derazaning sinmaydigan oynasi uning kallasi zarbiga dosh bergan edi, shu zamonoq Ivan 
sanitarlarning qo‘liga tushdi. U jonholatda xirillar, sanitarlarpi tishlamoqchi bo‘lar, baqirardi: 
— Xali derazangizga shunaqa oyna qoplab olib-siz-da!.. Qo‘yvor! Qo‘yvor deyapman! Vrachning 
qo‘lida shprits yalt etib ketdi, ayol bir hamlada Ivanning uvada yengini yirtdiyu, uning qo‘liga 
g‘ayrimuannas kuch bilan yopishdi. Efir hidi tarqaddi. Ivan to‘rt kishining qo‘lida holsizlandi, epchil 
vrach esa shu fursatdai foydalanib, Ivanning qo‘liga ukol qildi. Uni yana bir necha soniya ushlab turib
so‘ng divanga o‘tqazishdi. 
— Banditlar! — baqirdi Ivan divandan sapchib turarkan, lekin uni yana joyiga o‘tqazib qo‘yishdi. 
Shu zahoti u yana «dik» sakrab turdi, ammo endi o‘zi qay-tib joyiga o‘tirdi. U jim qoldi, olazarak 
bo‘lib atrofga qaradi, keyin birdan esnadi, so‘ng qahr bilan tirjaydi. 
— Axiri hibsga oldinglar-a, — dedi u, yana esnadi, kutilmaganda yonboshlab, boshini yostiqqa 
qo‘yarkan, xuddi go‘dak boladek yuzini mushtumiga qo‘ydi, so‘ng ko‘zi uyquga ketarkan, endi qahrsiz 
g‘o‘ldiradi: 
— Xa, juda soz... hali bu qilmishingizga ming pushaymon bo‘lasiz. Men ogohlantirdim, u yog‘iga 
bilganingizni qiling! Meni esa hozir hammadan ham ko‘proq Pontiy Pilat qiziqtiradi... Pilat... — 
shundan keyin u ko‘zini yumdi. 
— Vannaga tushiring, yuz o‘n yettinchi alohida xonaga yotqizib, soqchi qo‘ying, — deb farmoyish 
berdi vrach ko‘zoynagini taqarkan. Ryuxin yana seskanib ketdi, oppoq eshik tovushsiz ochilib, tungi 
yashil chiroqlar bilan yoritilgan koridor ko‘rindi. Shu koridordan rezina g‘ildiraklarga o‘rnatilgan 
aravacha chiqib keldi, sanitarlar jimib qolgan Ivanni aravachaga olib yotqizishgan edi, u yana koridor 
tomon g‘il-dirab, eshik uning orqasidan yopildi. 
— Doktor, — dedi pichirlab hayratda qolgan Ryuxin, — demak, u chindanam betob ekanda? 
— O, albatta, — javob qildi vrach. 
— Nima bo‘lipti o‘zi unga? — qo‘rqa-pisa so‘radi Ryuxin. 
Charchagan vrach Ryuxinga qarab qo‘yib, lanjlik bilan dedi: 
— Xarakat va nutq a’zolari asabiylashgan... alahsirash holati... nazarimda, murakkab hol... 
Shizofreniya bo‘lsa kerak. Buning ustiga yana ichkilik kasofati... 
Ryuxin doktorning bu gapidan, Ivan Nikolaevichning ahvoli chatoq, degan ma’nonigina angladi 
xolos, so‘ng xo‘rsinib qo‘yib so‘radi: 
— Nega u hadeb allaqanday konsultantni gapirib yotipti? 
— Bironta odamni uchratgan-u, u odam uning buzilgan xayolotiga qattiq ta’sir ko‘rsatgan. Yoki 
ko‘ziga biron sharpa ko‘ringan bo‘lishi ham mumkin... 
Bir necha daqiqadan keyin boyagi yuk mashinasi Ryuxiini yana Moskvaga olib ketdi. Tong yorisha 
boshlagan edi, shu bois katta yo‘ldagi hali o‘chirilmagan chi-roqlar shu’lasi endi nokerak va noxush 
bo‘lib tuyulardi. Xaydovchi bu tunning zoe ketganidan g‘ijinib, mashinani jon-jahdi bilan uchirib 
borarkan, muyulishlarda mashina g‘ildiraklari yo‘l yoqasigacha surilib borardi. 
Mana, o‘rmon ham «g‘uv» etib o‘tib, orqada qolib ketdi, daryo ham allaqayoqlarga chetlab ketdi, 
endi yuk mashinasi yo‘lda; ustiga qorovulxonalar o‘rnatilgan qandaydir uzundan-uzun devorlaru sarjin 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling